Elektron sigaretadan ilk qurbon qayd etildi

Elektron sigaretadan ilk qurbon qayd etildi

AQShning Illinoys shtatida elektron sigaretadan birinchi o‘lim holati qayd etildi. Bu haqida Fox News xabar berdi. 

Shtatning Jamoat sog‘lig‘ini saqlash departamentining tasdiqlashicha, bemor veyping(elektron sigareta chekish)dan keyingi o‘tkir respirator xastaligi bilan shifoxonaga keltirilgan. Shifokorlar bemorning hayotini saqlab qolisholmagan. Hozircha bemorning yoshi, ismi-sharifi, yashash manzili haqida hech qanday ma’lumot berilmagan.

Qaydnomada yozilishicha, hozirda shtatdagi shifoxonada 17 yoshdan 38 yoshgacha bo‘lgan elektron sigaretadan xastalangan 22 nafar fuqaro davolanmoqda. 

Departament vaziyatni jiddiy baholab, Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazidan guruh chaqirdi va voqea o‘rganilmoqda. 

22 avgust kuni Markaz e’lon qilgan press-relizda 16 shtatda veypingdan keyingi respirator kasalliklariga oid 150 dan ziyod voqea aniqlangani haqida ma’lumot berildi, deydi "human.uz".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!