“Elektron hukumat”dan “raqamli hukumat” sari

A A A
“Elektron hukumat”dan “raqamli hukumat” sari

Mamlakatimizda davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikasiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir faoliyatini, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta’minlashga qaratilgan “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bu bejiz emas, albatta. Boisi ushbu tizim davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi va samaradorligini oshirish, fuqarolar hayotini yaxshilash va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlarga ega.

Hozirga kelib Elektron hukumatning Yagona identifikasiya tizimi (id.egov.uz) takomillashtirilib, foydalanuvchilar soni 7 mln. dan ziyodni tashkil etmoqda. Mazkur tizim orqali fuqarolarga davlat idoralarining 245 dan ziyod axborot resursidan foydalanish imkoniyati yaratildi.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YAIDXP, my.gov.uz) 400 dan ortiq davlat xizmatidan inson omilisiz elektron tarzda foydalanish imkoniyati yaratildi va elektron xizmatlarga bo‘lgan talab 10 barobarga oshdi. Bugungi kunda mazkur portalda ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar soni 3,6 milliondan ortgan.

“Elektron hukumat” tizimi ayni vaqtda davlat organlarining o‘zaro va ularning aholi va tadbirkorlik sub’ektlari bilan axborot almashuvini ta’minlashda, xususan tadbirkorlik sub’ektlarini elektron hujjat aylanishi, statistika hisobotini taqdim etish, bojxona rasmiylashtiruvi, lisenziyalar, ruxsatnomalar, sertifikatlar berish jarayonlarida, ularning elektron tijorat, Internet jahon axborot tarmog‘i orqali mahsulotni sotish va xaridlarni amalga oshirish tizimlaridan foydalanishini rivojlanib borayotganida yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.

Kommunal xizmatlarni hisobga olish, nazorat qilish va ular uchun haq to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etishni kengaytirilganida, naqd bo‘lmagan elektron to‘lovlar, davlat xaridlarini amalga oshirish, masofadan foydalanish tizimlarini va bank-moliya sohasidagi faoliyatning boshqa elektron shakllarini rivojlanayotganida ham sezilyapti.

Lekin “Elektron hukumat” tizimida elektron xizmatlar foydalanuvchilari ba’zi noqulayliklarga duch kelmoqda. Qulay interfeysning mavjud emasligi, elektron identifikasiya qilish imkoniyatlarining cheklangani va eng yuqori talab vaqtida serverlarga yuqori yuklanish bo‘layotgani shular jumlasidan.

Mazkur masalalarni bartaraf etish uchun mamlakatimizda elektron hukumatni qo‘llab-quvvatlovchi axborot tizimlari va axborot-kommunikasion texnologiyalari infratuzilmasini modernizasiya qilish, dasturiy ta’minotni yangilash va yangi elektron xizmatlarni ishlab chiqish, shuningdek nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun elektron xizmatlardan foydalanish imkoniyatini ta’minlash zarurati mavjud.

Shu nuqtai nazardan, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida bu borada ustuvor vazifalar belgilangan. Xususan, elektron shaklda ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ulushini 100 foizgacha, faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar ulushini 50 foizgacha yetkazish, kompozit va proaktiv tarzda ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ulushini kamida 40 taga oshirish o‘z aksini topgan.

Kamida 300 ta davlat xizmatlarini xususiy sektorga o‘tkazish, lisenziyalash va ruxsat berish hujjatlarini kamida 20 foizga qisqartirish hamda 50 foizini, davlat xizmatlari ko‘rsatishning 300 taga yaqin tartib-taomillarini soddalashtirish, shuningdek, davlat xizmatlarini “3 qadam”, “foydalanuvchi uchun moslashtirilgan”, “barchasi bir mobil ilovada” tamoyillari asosida raqamlashtirish masalasi o‘rin olgan.

Mazkur dasturiy hujjatda davlat xizmatlarini to‘liq raqamlashtirib, ularning 40 foizini xususiy sektorga o‘tkazish va fuqarolarning shaxsiy ishtirokini 2 barobarga qisqartirish, “Elektron hukumat” tizimining yangi bosqichi – “Raqamli hukumat” tizimiga o‘tish, barcha hujjatlar va munosabatlarning raqamli shaklga o‘tishini ta’minlash kabi samaradorlik ko‘rsatkichlari ham o‘z ifodasini topgani e’tiborga molik.

Bular hali hammasi emas. Strategiyada O‘zbekistonni 2030 yilga qadar Birlashgan Millatlar Tashkilotining elektron hukumat reytingida TOP-30 talikka kirishiga erishish vazifasi ham qo‘yildi. Mazkur reyting (e-Government Development Index) mamlakatlarda soha rivojini ko‘rsatuvchi xalqaro indeks hisoblanadi. Uning ahamiyatli jihati shundaki, aholi va davlat o‘rtasida elektron muloqotni kengaytirish, xizmatlarni qulaylashtirish, mamlakatning investisiyaviy jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.

Ushbu reytingda yuqori 30 ta mamlakat qatoriga kirish uchun xorijlik ekspertlar ishtirokida, xalqaro metodologiya asosida 6 ta yo‘nalish bo‘yicha 53 ta tadbirdan iborat “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi. Unda onlayn xizmatlar bo‘yicha 112 ta ko‘rsatkichni yaxshilash, 2024 yilda 700 ta raqamli xizmatni ishga tushirish, ularning avtomatlashganlik darajasini 65 foizga yetkazish va barchasini my.gov.uz ga jamlash, aholi maskanlari va avtomagistral yo‘llarni yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash nazarda tutilmoqda.

Shu bilan birga, “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integrasiyalashuv platformasida raqamli shaklda taqdim etilishi orqali 2023 yil 1 dekabrdan boshlab aholi va tadbirkorlik sub’ektlaridan 47 turdagi ma’lumotlarni talab qilish bekor qilinmoqda.

Umuman olganda, elektron hukumat – davlat organlari ko‘rsatayotgan xizmatlarning ochiqligi, shaffofligi, samaradorligi va sifatini oshirish maqsadida raqamli texnologiyalardan foydalanish usuli bo‘lib, AKTni qo‘llagan holda davlat organlarining yanada samarali faoliyat ko‘rsatishi, fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlariga sifatli xizmatlar ko‘rsatish tizimidir. Zotan, mazkur tizim davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, korrupsiyani oldini olish barobarida butun mamlakatning umumiy imijini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Zafar XUDOYBERDIYEV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

Innovasion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi a’zosi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

O‘zbekistonlik ikki futbolchi Portugaliya klubiga yo‘l olmoqda

Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси футболчилари Садриддин Хасанов ва Сайфиддин Содиқов Португалиянинг "Брага" клубига ўтиши мумкин.

Koreyada vafot etgan o‘zbekistonlik qiz haqida rasmiy bayonot berildi

Ҳозирда тергов ҳаракатлари давом этмоқда. Ўзбекистоннинг Сеулдаги элчихонаси мазкур ҳолатни назоратга олган бўлиб, Корея томони билан ҳамкорликни давом эттирмоқда.

Chess.com Open-2026 onlayn turniri. Sindarov musobaqani tark etdi, Abdusattorov JCh yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettiradi

Нодирбек Абдусатторов ва Жавоҳир Синдаров дунёнинг энг йирик онлайн шахмат турнирларидан бири — Chess.com Open 2026 мусобақасида иштирок этди.

Zo'r TV bugun «Barselona» va «Manchester Siti» ishtirokidagi o‘yinlarni jonli translyasiya qiladi

Zo'r TV телеканали бугун — 2026 йил 25-апрель, шанба куни қуйидаги кўрсатув ва трансляцияларни эфирга узатишни режалаштирган.

Eron Isroil bilan aloqa qilganligi uchun yuqori lavozimli amaldorni qatl qildi

Бу ҳақда Эроннинг расмий суд портали хабар бермоқда.

“Katta jarimalar bo‘ladi”: Soliq qo‘mitasi raisi umumiy ovqatlanish korxonalarini biznesni bo‘lmaslikka chaqirdi

Фаррух Пулатовнинг айтишича, Тошкентдаги 419 та умумий овқатланиш корхонаси ҚҚСдан қочиш учун ўз номига ёки ходимлари номига ЙТТ очиб, чекларни улар номидан бермоқда.

O‘zbekistonda sotilayotgan to‘rt Xitoy o‘yinchog‘ida xavf aniqlandi

Болалар ўйинчоқларида хавф аниқланди.

Pep Gvardiola terma jamoani qabul qilib olishga tayyor

Хосеп Гвардиола аввалроқ фаолиятининг қайсидир босқичида миллий терма жамоада ишлаш истаги борлигини айтган эди.

Ekspert Husanovni “Real” yulduzidan yuqori baholadi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов айни пайтда фаолиятидаги сезиларли ўсишни намойиш қилмоқда.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Арсенал»га қарши кечган баҳсдаги (2:1) Жанлуижи Доннарумманинг хатоси ҳақида гапирди.

Gvardiola himoyachisining o‘yinidan hayratda: «U dunyoning eng yaxshilaridan biriga aylanmoqda»

«Манчестер Сити» бош мураббийи Хосеп Гвардиола жамоа ярим ҳимоячиси Матеус Нунеснинг янги позициядаги ҳаракатларига юқори баҳо берди.

Mojtaba Xomanaiy Putinga maktub yo‘llagani ma’lum bo‘ldi

РФ раҳбари бу ҳақда Эрон ташқи ишлар вазири Аббос Арагчи билан учрашувда маълум қилди.

Putin Primakovni lavozimidan ozod qildi

Примаков агентликни 2020 йилдан бери бошқариб келаётган эди.

"Gulnora Karimovaning Shveysariya sudida to‘liq oqlanishiga erishmoqchimiz"

Адвокат Грегуар Манжа Каримованинг Швейцариядаги суд жараёнида қатнашиш имконияти чекланганини билдирган.

Prezident Marg‘ilondagi 1,7 trln so‘mlik majmuani borib ko‘rdi

Президент Шавкат Мирзиёев Қува туманидаги 1-сонли техникумда ёшларни замонавий касблар ва хорижий тилларга ўқитиш ишлари билан танишди.

Toshkentda yuk poyezdi 22 yoshli yigitni urib yubordi

Машинист темир йўлдаги одамни тахминан 500 метр масофадан пайқаган, бироқ поездни тўхтатишга улгурмаган.

Andijonda “Haj” ziyoratiga yubormoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Тезкор тадбирда, у олдиндан 9 минг доллар олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.

NATO sammitlari qisqaradimi? Ittifoq ichidagi ziddiyatlar ortida yangi reja

Бу ҳақда Reuters манбаларга таяниб хабар берди.

Isroil Livanda hujumlarni kuchaytirdi: “Hizbulloh” ob’ektlari yo‘q qilinmoqda

Исроил армияси Ливан жанубидаги амалиётларини давом эттириб, “Ҳизбуллоҳ” позицияларига навбатдаги зарбалар берди.

Slovakiya YEIga qarshi: Rossiya gaziga taqiq ustidan sudga shikoyat qildi

Бу ҳақда мамлакат Адлия вазирлиги маълум қилди.

Hindistonda bortida 232 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot dvigateli yonib ketdi

Swiss Airlines авиакомпанияси воқеа ҳақида хабардорлигини, ҳозирда двигатель ишдан чиқиши ва ёнғин сабаблари текширилишини маълум қилди.

Moskvada qor yog‘ishi oqibatida daraxtlar quladi, Vnukovoda esa reyslar bekor qilindi

Москва вилоятининг Дубна ва Домодедово шаҳарларида қор ёғиши ва дарахтлар қулаши оқибатида электр таъминоти қисман узилди.

Qo‘qonda do‘konda yong‘in chiqdi

Билдирилишича, ҳодиса оқибатида жабрланганлар йўқ. Ёнғиндан дўконнинг 400 квадрат метр майдони сақлаб қолинган.

Suv uchun janjal: Afrikada 42 kishi halok bo‘ldi

Бу ҳудудда сув, ер ва чорва моллари учун жамоалар ўртасидаги тўқнашувлар тез-тез содир бўлиб туради.

Toshkent xalqaro aeroportida 4 nafar qizlarni Dubay shahriga olib ketayotgan ayol ushlandi

Амалдаги қонунчиликка мувофиқ, бу турдаги жиноятлар учун 5 йилдан 10 йил муддатгача озодликдан маҳрум қилиш жазоси белгиланган.

Andijonda attraksion qulab, 7 kishi jarohatlandi

Бироқ, тасдиқланмаган манбаларга кўра, ҳодиса натижасида камида 7 киши жароҳатланган.

Malidagi harbiy bazalarga qurolli hujumlar uyushtirildi

​Кузатувчилар буни сўнгги йиллардаги энг йирик ва мувофиқлаштирилган амалиёт сифатида баҳоламоқда

Andijonda hajga yuborish evaziga 18 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

Фуқаро ҳаж зиёрати учун Саудия Арабистонига юборишини айтиб, келишилган пулдан 9 000 АҚШ долларини олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланган.

Tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan FVV mansabdoriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Мансабдор шахс ноқонуний ҳаракатларини давом эттириб, масъулияти чекланган жамият раҳбаридан қолган 39 минг АҚШ долларини ҳам беришини сўраган.

Samarqandda ikki nafar qiz vasiysi tomonidan jismoniy va ruhiy zo‘ravonlikka uchradi

Болаларга етказилган тан жароҳати даражасини аниқлаш юзасидан суд-тиббиёт экспертиза тайинланган.

Donald Trampga suiqasd uyushtirildi (video)

Бу ҳақда C-SPAN хабар бермоқда.

Isroil zarbalari: Livanda qariyb 2,5 ming kishi halok bo‘ldi

Маълум қилинишича, ҳужумлар оқибатида тинч аҳоли орасида қурбонлар сони юқори бўлиб қолмоқда.

Livanda ko‘chirilgan ayollar uylariga qaytmoqda: “Hamma joyda vayronagarchilikni ko‘rdim”

2026 йил март ойида Ливандаги можаро кучайиши ортидан 1 миллиондан ортиқ одам ўз уйини тарк этди. Улардан тахминан 620 мингини аёллар ва қизлар ташкил этди.

AQShda o‘lim jazosi tiklandi. Endi mahkumlar otib o‘ldirilishi ham mumkin

Вазирлик энг оғир жиноятларни жиловлаш учун ушбу жазо туридан фаолроқ фойдаланишини билдирди.

Yaponiyaning Ivate prefekturasida o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda

Ёнғин Оцути шаҳридаги аҳоли пунктларига яқинлашгани сабабли 1500 дан ортиқ хонадон ва 3233 нафар фуқарога эвакуация қилиш тўғрисида буйруқ берилди.