Elektr energiyasi va tabiiy gazga tariflar o‘zgarishi munosabati bilan kam ta’minlangan oilalarga va ayrim toifadagi iste’molchilarga ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi
2024 yilning may oyidan boshlab elektr energiyasi va tabiiy gazga tariflar o‘zgarishi munosabati bilan kam ta’minlangan oilalarga va ayrim toifadagi iste’molchilarga quyidagi ijtimoiy yordamlar ko‘rsatiladi:
1️⃣ 1 maygacha bo‘lgan muddatda yoqilg‘i-energetika resurslari narxlari oshishini hisobga olib, minimal iste’mol xarajatlari qiymatini qayta ko‘rib chiqiladi.
✔️Bunda, 1 mlnga yaqin eng kam pensiya va nafaqa oluvchilarning pensiya va nafaqa miqdorlari minimal iste’mol xarajatlari qiymatidan kam bo‘lmagan miqdorda qayta hisoblanadi.
2️⃣ Aholining muhtoj qatlamlarini isitish mavsumida qo‘shimcha ijtimoiy himoyasini ta’minlash uchun 2024 yil noyabrda «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlangan oilalarga 270 ming miqdorda bir martalik kompensasiya ajratiladi.
Ushbu kompensasiya orqali, qariyb 1,5 mln. kam ta’minlangan oilalarning ijtimoiy himoyasi ta’minlanadi.
🔘Mazkur kompensasiya «mahalla yettiligi» xulosalari asosida «Ijtimoiy himoya yagona reestri» kirmagan qo‘shimcha 200 mingdan ortiq muhtoj oilalarga ham to‘lab beriladi.
Bunda, «mahalla yettiligi» tomonidan muhtoj oilalar ro‘yxatlari uyma-uy yurgan holda shakllantiriladi.
3️⃣ Elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha quyidagi miqdorlardagi iste’mol uchun bazaviy me’yor doirasidagi hamda bazaviy me’yordan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq kompensasiya qilib beriladi:
🟣tabiiy gaz uchun – oyiga bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan 250 kub metrgacha;
🟣elektr energiyasi uchun – oyiga bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan 150 kVt soatgacha.
⚡️Ijtimoiy me’yordan ortgan iste’mol uchun kompensasiya olish uchun extiyojmand oila «Inson» ijtimoiy xizmatlar markaziga ariza beradi va kompensasiya keyingi oyda haqiqiy iste’molidan kelib chiqib to‘lab beriladi.
Mazkur kompensasiya to‘lovlari O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi orqali to‘lab beriladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.
Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.
Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.
Россия томонидан Киевга уюштирилаётган ҳужумлар кучайгани сари, Украина пойтахтидан қочаётган фуқаролар сони ҳам ормоқда, деб ёзади Германиянинг NTV нашри.
Эрон расмийлари ушбу ҳужумларни халқаро ҳуқуқ ва журналистлар хавфсизлигига қарши жиноят сифатида баҳоламоқда. Ҳодисалар халқаро ҳамжамият томонидан кескин қораланиши мумкин.
Шовот тумани Фавқулодда вазиятлар бўлими ходими ҳам ўзганинг ишончига кириб, ички ишлар органларидаги танишлари орқали унга ҳайдовчилик гувоҳномаси олиб беришини айтиб, эвазига 1400 АҚШ доллари ва 1 млн 300 минг сўм олганлик ҳолати ҳужжатлаштирилди.
Эрон Теҳроннинг тўхтатишга рози бўлгани ҳақида хабарлар тарқалган тинчлик келишувининг муддати яқинлашар экан, Исроилга бир нечта босқичли ҳаво ҳужумларини бошлади.
"Теҳроннинг амалиётлари “дўст ва қардош Қатар давлати ва унинг халқи учун таҳдид ёки хавф туғдирмайди”, дейилади Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши баёнотида.