EI Rossiyaga mahsulot yetkazib bergan 12 kompaniyaga qarshi sanksiyalar joriy etishga tayyorlanmoqda

EI Rossiyaga mahsulot yetkazib bergan 12 kompaniyaga qarshi sanksiyalar joriy etishga tayyorlanmoqda

Turli mamlakatlarning 12 kompaniyasi Rossiyaga Yevropa va Amerika harbiy tovarlarini yetkazib berishda gumon qilinmoqda, deb xabar bermoqda Bloomberg. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, gap Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy, Gonkong va Rossiyaning o‘zida joylashgan kompaniyalar haqida ketmoqda. Yevropa Ittifoqi ularga qarshi sanksiyalar joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Bloomberg ta’kidlashicha, kompaniyalar Rossiya va Belarus jismoniy va firmalari bilan bog‘langan.

Evropa Ittifoqi ularga qarshi sanksiyalar joriy etish masalasini shu haftadanoq muhokama qilishni boshlashi mumkin, biroq buning uchun Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning aksariyati ma’qullashi kerak. Yevropa komissiyasi Bloomberg agentligiga ushbu ma’lumotni izohlashdan bosh tortdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!