Ehtimoliy xavf deya o‘ldirilayotgan falastinlik begunoh bolalarning haqiqiy soni qancha?
7 oktyabrdan beri Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan qirg‘inbarot hujumida kamida 16 314 nafar falastinlik bola halok bo‘ldi, deya xabar beradi mahalliy hukumat.
G‘azo hukumati matbuot bo‘limi Isroilning anklavga 300 kunlik hujumlari munosabati bilan qilgan bayonotida, qurbonlar orasida Isroilning anklavdagi blokadasi tufayli ochlikdan o‘lgan 35 nafar bola ham bor, deb xabar qilmoqda Anadolu agentligi.
«Isroil hujumida 10 980 nafar ayol, 885 nafar tibbiyot xodimi, 165 nafar jurnalist va 79 fuqaro mudofaa xodimi halok bo‘ldi», — deya qo‘shimcha qilinmoqda.
Media idorasi 2023 yil 7-oktabrdan beri G‘azoda yettita ommaviy qabr topilgani va ularda 520 nafar insonning jasadi aniqlanganini aytmoqda.
BMT Xavfsizlik Kengashining zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishni talab qiluvchi rezolyusiyasini buzgan Isroil xalqaro qoralashlarga duch keldi.
Mahalliy sog‘liqni saqlash idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, o‘shandan beri 39 500 ga yaqin falastinlik o‘ldirilgan, ular asosan ayollar va bolalardir. 91 000 dan ortiq kishi esa og‘ir yaralangan.
G‘azoning katta hududlari vayronaga aylangan. Oziq-ovqat, toza suv va dori-darmon to‘sib qo‘yilgan.
Xalqaro sudda Isroil genosidda ayblanmoqda.