DXX: Namanganda qalbaki 9400 AQSh dollarining muomalaga chiqarilishiga chek qo‘yildi

DXX: Namanganda qalbaki 9400 AQSh dollarining muomalaga chiqarilishiga chek qo‘yildi

DXXning tezkor tadbirda qalbaki xorijiy valyutalarni muomalaga chiqarishga uringan shaxslar ushlandi.

Xususan, «Namangan-Toshkent» yo‘nalishida harakatlanayotgan, Toshkent viloyatining Chinoz tumanida yashovchi, 1978 y.t shaxs boshqaruvidagi «Honda» rusumli avtomashina Pop tumani hududida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, unda qalbaki 4 ming AQSh dollari borligi ma’lum bo‘ldi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, u mazkur qalbaki valyutalarni kelgusida sotish maqsadida Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1971 y.t., muqaddam sudlangan fuqarodan 2200 AQSh dollariga sotib olganligi aniqlandi.
So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro qalbaki 5400 AQSh dollarini haqiqiy 3 ming AQSh dollariga ayirboshlagan vaqtida ushlandi.

Aniqlanishicha, u qalbaki valyutalarni Qirg‘iz Respublikasidagi jinoiy sheriklaridan olib kelgan. O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida jami qalbaki 9400 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!