DXX kadastr agentligining sobiq xodimini jinoyat ustida qo‘lga oldi

DXX kadastr agentligining sobiq xodimini jinoyat ustida qo‘lga oldi

Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasining sobiq xodimi Andijon tumanida joylashgan sanoat hududidan 30 sotix yer maydoni olib berish va kadastr idoralaridagi tanishlari orqali tegishli qarorni chiqartirib berishini aytib, mahalliy tadbirkordan 15 ming AQSh dollari talab qiladi.

DXX Andijon viloyati boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs so‘ralgan puldan 5 ming dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Aniqlanishicha, muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyat sodir etganligi uchun 2020 yil jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudi tomonidan unga 2 yil 2 oy muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!