Do‘zaxdan qo‘rquv

Do‘zaxdan qo‘rquv

Abdulvohid ibn Zayddan rivoyat qilinadi: «Ato Sullamiy kasal bo‘lib qoldi. Uni ko‘rgani borganimizda dardning og‘rig‘idan hushidan ketdi. Saldan so‘ng o‘ziga kelgach, shogirdlari qo‘llarini ko‘tarib, uni duo qila boshlashdi. Shunda Ato shogirdlarining kattasiga qarab shunday dedi: «Ey Abu Uboda, ularga ayt, jim bo‘lishsin. Allohga qasamki, ruhim do‘zax tomon chiqarilishidan qo‘rqqanimdan qiyomat kunigacha bo‘g‘zimga tiqilib turaverishini istayman». U shunday degach, ko‘p yig‘ladi. Abdulvohid ibn Zayd shunday dedi: «Uning o‘limidan keyin nimalarga ro‘baro‘ bo‘lishidan qo‘rqqani meni ham yig‘latdi».

Manba: islom.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!