Dunyoning eng yaxshi o‘qituvchisiga million dollarlik mukofot puli topshirildi

Dunyoning eng yaxshi o‘qituvchisiga million dollarlik mukofot puli topshirildi

Hindistonlik tadbirkor Sanni Varkeyning Varkey Foundation xayriya jamg‘armasi o‘qituvchi kasbiga qo‘shgan ulkan hissa uchun million dollarlik mukofot pulini topshirildi. Bu haqda Dubay matbuot anjuman Dubai Media Office ma’lum qildi, deydi oxo.uz .

Mukofot topshirilishi marosimi 24 mart kuni Dubayda bo‘lib o‘tdi. Musobaqa finaliga Avstraliya, Argentina, Braziliya, Buyuk Britaniya, Gruziya, Hindiston, Keniya, Niderlandiya, AQSh va Yaponiyadan 10 da’vogar o‘tgandi.

Mukofot ilk bor 2015 yilda o‘z egasiga topshirilgan. U BAA vise-prezidenti va bosh vaziri, Dubay hukmdori shayx Muhammad bin Rashid Al Maqtum patronaji ostida topshiriladi. Joriy yilda mukofotga 179 ta davlatdan 10 mingta ariza topshirilgandi.

2018 yilda mukofot Buyuk Britaniyaning Bristol shahridagi maktabning tasviriy san’at va to‘qimachilik ishi o‘qituvchisi Andriya Zafirakuga berilgan.

Hind millatiga mansub tadbirkor Sanni Varkey Yaqin Sharqdagi eng yirik xususiy bolalar bog‘chalari va maktablari tarmog‘i GEMS Education ga asos solgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!