Dunyodagi eng katta radioteleskop ishga tushirildi

Dunyodagi eng katta radioteleskop ishga tushirildi

Xitoy janubida dunyodagi eng katta va eng sezgir sferasimon radioteleskop FAST rasman ishga tushirildi.  

Ta’kidlanishicha, aperturasi 500 metr bo‘lgan radioteleskopning qiymati 170 mln dollarni tashkil qilgan.

Uning maydoni 30 ta futbol maydoniga teng bo‘lib, perimetri 1,6 kmni tashkil qiladi. Ob’ekt Guychjou provinsiyasining janubidagi tabiiy botiqlikda joylashgan.

Ayni vaqtda FAST dunyodagi eng yirik radioteleskop hisoblanadi. U koinotning rivojlanishi va evolyusiyasi bilan bog‘liq jumboqlarni yechish uchun qo‘llanadi.

Teleskopning bosh muhandisi Szyan Penning ta’kidlashicha, FAST evaziga yaqin yillarda bir qator yirik ilmiy kashfiyotlar amalga oshiriladi.

FAST 2016 yilda qurib bitkazilgan. Uning qurilishi 5 yil davom etgan. Soniyasiga 38 Gbayt axborotni qabul qila oladigan teleskop 2 yil ichida 102 ta yangi pulsar yulduzni aniqlagan. Bu esa Yevropa va AQShdagi tadqiqot guruhlari tomonidan shu davr ichida topilgan umumiy pulsarlar sonidan ko‘proqni tashkil qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!