Fuqarolarning bank kartalaridan qarzlarni so‘zsiz undirish to‘g‘risidagi nizom loyihasi uchun javobgar bo‘lgan DSQ boshqarma boshlig‘i ishdan bo‘shatildi.
O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasida fuqarolarning bank kartalaridan qarzlarni so‘zsiz undirish to‘g‘risidagi nizom loyihasi uchun javobgar bo‘lgan boshqarma boshlig‘i ishdan bo‘shatildi, deya xabar qildi DSQ matbuot xizmati Gazeta.uz ga.
17 dekabr kuni normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida e’lon qilingan qarzlarni undirish mexanizmini ifodalagan nizom loyihasiga 57 ta tanqidiy fikr va takliflar bildirildi. Hujjat internetda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Markaziy bank ham bunga qarshi chiqib, bank kartalaridan soliq qarzdorligini so‘zsiz undirish bo‘yicha qonuniy mexanizmlar yo‘qligini ma’lum qildi.
Jamoatchilik fikrini o‘rganishda loyiha maromiga yetkazilib ishlab chiqilmagani, jumladan unda DSQ rahbariyati tavsiyalari va tanbehlari hisobga olinmagani, muhokamalar portaliga ruxsatsiz chiqarilgani aniqlandi.
DSQ rahbariyati jismoniy shaxslarga qulaylik yaratish uchun qarzlarni soliq inspeksiyalariga bormagan holda to‘lash uchun sharoitlar yaratishni taklif qilgan. Buning uchun soliq qarzdorligini to‘lash uchun ma’lum miqdordagi mablag‘ni yechib olish to‘g‘risida to‘lovchining yozma roziligini olish rejalashtirilgan, deya xabar qildi qo‘mita matbuot xizmati.
Mazkur takliflar nizomda o‘z aksini topmagan. Yo‘l qo‘yilgan xatolar va mas’uliyatsizlik uchun nizom loyihasini ishlab chiqishga mas’ul boshqarma boshlig‘i vazifasidan ozod qilingan.
DSQ hozirda hujjatni qayta ko‘rib chiqmoqda. Unda jismoniy shaxslar bank kartalaridan faqatgina ularning roziligi bilan qarzlarni yechib olish ko‘rsatilishi kutilmoqda.
Qayd etish joizki, prezident o‘tgan yil iyunida imzolagan soliq organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risidagi hujjatda soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatuvchi bank kartalari bank hisob raqamlaridan yuzaga kelgan soliq qarzdorligini (oyiga EKIHning 2 barobarigacha) so‘zsiz undirish huquqini berish ko‘zda tutilgan edi. Davlat rahbarining 26 dekabrdagi yangi qarori bilan mazkur norma 1 yanvardan o‘z kuchini yo‘qotdi.
Manba: gazeta.uz
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.
Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.
Римнинг "Рома" клуби ва Ўзбекистон терма жамоаси марказий ҳужумчиси Элдор Шомуродов Ўзбекистон тарихидаги энг яхши футболчи ким эканлиги ҳақидаги саволга жавоб бера олмади.
Эрон Теҳроннинг тўхтатишга рози бўлгани ҳақида хабарлар тарқалган тинчлик келишувининг муддати яқинлашар экан, Исроилга бир нечта босқичли ҳаво ҳужумларини бошлади.
"Теҳроннинг амалиётлари “дўст ва қардош Қатар давлати ва унинг халқи учун таҳдид ёки хавф туғдирмайди”, дейилади Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши баёнотида.
АҚШ президенти Дональд Трамп ўзи Эронга қарши уюштирган зарбаларни “том маънода ҳарбий муваффақият” деб атаб мақтаган бир пайтда, демократлар уни ваколатини ошириб юборганликда айблашди.
Мексика президенти Клаудия Шейнбаум видеомурожаатида минтақадаги барча тадбирлар тўхтатилганини таъкидлади ва аҳолини уйда ёки бошпаналарда қолишга чақирди.
БМТ 2024 йилда болаларга қарши ҳарбий низолардаги зўравонликлар «мисли кўрилмаган даража»га етганини маълум қилди. Энг кўп ҳуқуқбузарликлар Ғазо ва ишғол этилган Ғарбий соҳилда Исроил армияси томонидан содир этилган.