Diqqat! Yolg‘on xabarlarga ishonib qolmang (FOTO)

Diqqat! Yolg‘on xabarlarga ishonib qolmang (FOTO)

Ijtimoiy tarmoqlarda, jumladan, telegram kanallarda qo‘shni davlatlardan imtihonsiz O‘zbekistonga o‘qishni ko‘chirish mumkinligi, buning uchun 15 fevralgacha arizalar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida qabul qilinishi to‘g‘risida xabarlar tarqalmoqda.

Diqqat! Yolg‘on xabarlarga ishonib qolmang (FOTO)

 Mazkur xabarlar hech qanday asosga ega emas va yolg‘on hisoblanadi. Bu haqda vazirlik rasman bayonot berdi.

Bunaqa feyk xabarlar tez-tez uchrab turadi. Ayniqsa avvalgi yillardagi xabarni shundoqligicha olib, tarqatishadi, qarabsizki, minglab sodda insonlar ishonib ketaveradi. Tekshirib ham ko‘rishmaydi. Bugungi kunlarda o‘qishni ko‘chirishga oid tarqatilayotgan xabarlar ham o‘tgan yilgi bir martalik aksiyadan olingan. Joriy yilda unaqa aksiya bo‘lmaydi, bu kutilmayapti.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!