Dekabr oyida Toshkent shahri ko‘chmas mulk bozorida narxlar 3,2% ga oshdi

A A A
Dekabr oyida Toshkent shahri ko‘chmas mulk bozorida narxlar 3,2% ga oshdi

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ekspertlari 2022-yilning 4-choragi uchun Toshkent shahrida xonadonlar uchun taklif etilayotgan xarid narxlari o‘zgarishini tahlil qildi.

Natijalar, narxlar noyabr oyida oktyabr oyidagiga qaraganda 2% ga oshganligini ko‘rsatdi. Dekabr oyida esa narxlar 3,2% ga oshgan.

E-notarius ma’lumolariga ko‘ra 4-chorak davomida Toshkent shahrida 33 194 ta uy-joy oldi-sotdi shartnomasi imzolangan. Narxlar chorak davomida Shayxontohur tumanida o‘rtacha 7,1%, Chilonzor tumanida 4%, Yunusobod tumanida 3,8%, Uchtepa, Yakkasaroy, Yashnobod va Olmazor tumanlarida 2%, Sergeli va Mirobodda 1% va Mirzo Ulug‘bek tumanida 0,5% oshgan.

Mirobod (1326 $), Yakkasaroy (1195 $), Mirzo Ulug‘bek (1174 $) va Yunusobod (1128 $) tumanlarida uy-joyning bir kvadrat metri uchun narxlar Toshkent shahri bo‘yicha o‘rtacha narx (1088 $) dan yuqori ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Tadqiqot davomida narxga tasir qiluvchi asosiy omillar ham o‘rganildi. Bunda Supervised machine learning toifasiga kiruvchi decision tree uslubi va shu oilaga kiruvchi bagging hamda random forest usullaridan foydalanildi.

Natijalarga ko‘ra, arzon segmentda ham, qimmat segmentda ham xonadon maydoni kattaligi narxni belgilovchi asosiy omil bo‘lib qolmoqda. Buni shahar sharoitida yer uchastkasi narxining yuqoriligi bilan izohlasa bo‘ladi, ya’ni xonadon tannarxida yer xarid qilishga ketgan xarajat eng katta o‘rin tutadi.

Arzon segmentda xonadon joylashgan qavat narxning oshishiga ta’sir qiluvchi boshqa asosiy omil ekani oydinlashdi. Chunki bu segmentdagi uylar asosan eski va liftlar bilan jihozlanmagan. Boshqa tarafdan yuqori qavatlarga suv va issiqlik ta’minoti yetib borishi bilan bog‘liq muammolar ham xonadon narxiga ta’sir etmoqda. Keyingi o‘rinlarda narxga xonadonning yangi qurilganligi va ta’mirlanganlik holati ta’sir etmoqda.

Qimmat segmentda esa xonadonning maxsus agentlik yoki xonadon egasining o‘zi tomonidan sotilayotgani muhim ahamiyatga ega bo‘lgandi. Buni maxsus agentliklar ko‘proq qimmat xonadolar oldi-sotdisida ishtirok etishi va ustama haqining mavjudligi bilan izohlash mumkin. Undan keyingi o‘rinda mebel bilan jihozlanganligi, komissiya olinishi, yangi qurilganligi kabi omillar turishi aniqlandi. Xonadon joylashgan qavat eng oxirgi o‘rinlarda turishini bu segmentning liftlar bilan ta’minlanganligi va kommunal ta’minotida muammolar kamligi bilan izohlash mumkin.

Xulosa sifatida aytganda, yangi qurilayotgan xonadonlar xaridorlarga ko‘pincha "quti" ko‘rinishida yoki ta’mirtalab holatda topshirilayotganligi inobatga olinsa, xonadon tannarxida yer va ruxsat olish bilan bog‘liq xarajatlar salmog‘i kattaligi ma’lum bo‘ladi. Chunki, uy fasadi, kirish yo‘lagi, lift qulayliklaridan hamma birdek foydalanadi va to‘lovdagi farq ko‘p hollarda xonadon maydoni hisobiga yuzaga kelmoqda. Tegishli ravishda, yer va ruxsat olish bilan bog‘liq boshqa to‘lovlarni kamaytirish xonadonlar narxining pasayishiga olib kelishi mumkin. Masalan, bunday xarajat va xonadonlar narxi o‘rtasidagi bog‘liqlik Amerika Qo‘shma Shtatlarida (Glaeser et al., 2005), Xitoyda (Deng, Gyourko, & Wu, 2012) kuzatilgan. Undan tashqari, qurilish materiallari narxini arzonlashtirish bilan bir qatorda, xaridor va sotuvchilarni birlashtiradigan portallar yaratish orqali vositachilik xarajatlarini kamaytirish ham xonadonlar narxini tushirishda ko‘maklashadi.

Ta’kidlash kerakki, 2023-yilning 26-yanvaridan Qozog‘istonda kuchga kirgan yangi immigrasiya qoidalariga ko‘ra, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirgan mamlakatlarning fuqarolari uchun har 180 kunda faqat 90 kun turishga ruxsat beriladi. Mobilizasiya e’lon qilingandan keyin o‘tgan yil oxirigacha rossiyalik 36 ming fuqaro Qozog‘istonga vaqtinchalik joylashgan. Tegishli ravishda, qo‘shni davlatlardagi bunday o‘zgarishlar O‘zbekistondagi ko‘chmas mulk bozoriga ta’sir etmasdan qolmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mahmud Muradov chexiyalik modelning qo‘lini so‘radi

Ўзбекистонлик собиқ UFC жангчиси иккинчи маротаба уйланиш арафасида.

Abduqodir Husanov «Barsa»ga o‘tishi mumkin — Deku uni «kelajak himoyachisi» deb biladi

Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.

Isroil mojarosiga aralashgan uchinchi davlat Eron tomonidan zudlik bilan jazolanadi

Бу ҳақда Ислом Республикаси Миллий хавфсизлик олий кенгаши баёнотида айтилади.

Dollar kursi yana keskin «quladi»

Марказий банк 2025 йил 24 июндан валюталарнинг янги курсини белгилади.

"Shu dam olish kunlari AQSh Eronni keng ko‘lamli bombardimon qilishni boshlaydi" - manba

Қўшма Штатлар Эронни кенг кўламли бомбардимон қилишни бошлайди.

Isroil Eron bilan urush tugaganini rasman e’lon qildi

Бу ҳақда Исроил бош вазирининг идораси баёнот берди.

Eron Isroilga zarba berishni to‘xtatish shartlarini aytdi

Бу ҳақда Эрон миллий хавфсизлик олий кенгаши баёнотида айтилади.

Eron butun Isroil bo‘ylab zarbalar berdi — Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi

Фарс агентлиги маълумотларига кўра, Эрон бугун Исроилга ҳудудига ҳужумда Kheibar Shekan, Emad, Qadr ва Fattah-1 баллистик ракеталаридан фойдаланган.

Eron Isroilni mag‘lubiyatga uchratganini ma’lum qildi

Бу ҳақда мамлакат Миллий хавфсизлик юқори кенгаши баёнотида келтирилган.

Markaziy bank: dollar ko‘tarila boshladi

АҚШ доллари 45,26 сўмга ошиб, 12 456,25 сўм этиб белгиланди. Евро курси 223,82 сўмга ошди ва 14 461,71 сўм бўлди. Фунт-стерлинг 16 952,96 сўм (+342,09). Россия рубли 158,36 сўм этиб белгиланди (-0,02). Қозоғистон тенгеси 24,00 сўм бўлди (+0,28).

Dahshat! Vafot etgan 88 yoshli ayol tobutda hushiga keldi

IDNES.cz нашрининг ёзишича, унинг турмуш ўртоғи 30 май куни тез ёрдам чақириб, хотинида ҳаёт белгилари йўқлигини маълум қилган

Srechko Katanes: "Jahon chempionatida terma jamoadan hech nima kutmanglar"

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.

O‘qituvchi ayol Islom Karimov nomidan xat yozib, hokimdan 700 ming dollar so‘ragani ma’lum bo‘ldi

Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.

Dahshat! Eron birinchi marta zamonaviy vertikal raketalardan foydalanmoqda

Бу ҳақда "Ozod Iran" нашри хабар берди.

Uta Abe Diyora Keldiyorovaga "vizov" tashladi

Келдиёрова бу ерда бўлмаганидан хафсалам пир бўлди. Умид қиламанки, у қайтади, шунда мен ундан қасос оламан

Shomurodov "Roma" yoki "Jenoa" o‘rtasida tanlov qildi

Римнинг "Рома" клуби ва Ўзбекистон терма жамоаси марказий ҳужумчиси Элдор Шомуродов "Рома" ёки "Женоа" ўртасида ўз танловини амалга оширди.

Putin Braziliyadagi BRICS sammitiga bormaydi, chunki...

Бразилия Гааагадаги Халқаро жиноий суд (ХЖС) аъзоси ҳисобланади.

Shomurodov A Seriya klubiga "ha" dedi

Элдор Шомуродов фаолиятини Италияда давом эттирмоқчи.

MAGATE obro‘siga jiddiy putur yetdi

Душанба куни МАГАТЭ бош директори Рафаэль Гросси ташкилот ходимларининг Эрондаги текширувларини имкон қадар тезроқ қайта бошлашга чақирди.

Braziliyada futbol hakami o‘yin vaqtida hibsga olindi (video)

Бу ҳақда Globoplay портали хабар берди.

Homanaiy Eron xalqini Isroil ustidan qozonilgan g‘alaba bilan tabrikladi

У, шунингдек, АҚШ ҳам таслим бўлганини таъкидлаган.

Eronda Isroil foydasiga josuslikda ayblangan 3 kishi osib o‘ldirildi

Бу ҳақда Reuters хабар берди.

Xitoyda kuchli suv toshqini tufayli 80 mingdan ortiq odam evakuasiya qilindi

Ҳар икки ҳудудда огоҳлантириш даражаси энг юқори даражага кўтарилди.

Irlandiya Isroilga iqtisodiy bosim o‘tkazishga tayyorlanmoqda

Янги қонун лойиҳаси ишғол қилинган Фаластин ҳудудларидан маҳсулот олиб киришни тақиқлайди.

Eronda Isroil foydasiga josuslikda ayblangan uch kishi qatl etildi

Бу ҳақда Эрон ОАВлари хабар бермоқда.

Eronga qarshi kampaniya hali yakunlanmagan, oldinda uning yangi bosqichi turibdi

Биз Эроннинг ядро ва ракета дастурларини бир неча йил орқага сурдик. Аммо биз ҳушёр бўлишимиз шарт.

Toshkent aeroportida qizlarni Turkiyaga fohishalik uchun jo‘natish bilan shug‘ullangan ayol ushlandi

Ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 135-моддаси (одам савдоси) билан жиноят иши қўзғатилган.

Kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan 8,2 kg narkotik moddalar to‘xtatib qolindi

Таъкидлаш лозимки, мазкур шахслар муқаддам бир неча маротаба судланган бўлишларига қарамасдан, ўз хатоларидан тўғри хулоса чиқаришмаган.

Shakarsiz va yog‘siz qahva o‘lim xavfini kamaytiradi

АҚШлик олимлар кунига 1-2 финжон қора қаҳва ичиш ҳар қандай сабабдан ўлим хавфини 14 фоизга камайтиришини аниқлади.

Dneprga raketa hujumi: halok bo‘lganlar soni 8 nafarga yetdi, 150 dan ortiq kishi jarohat oldi

Бу ҳақда маҳаллий ҳокимиятлар хабар бермоқда.

Aftidan, kelishib olishdi. Ammo hali aniq emas

Исроил кейинги зарбалардан тийилишга ваъда берди.

Isroil tinchlik kelishuviga qaramasdan Eronga zarba berdi

Axios манбасига кўра, бугун Жо Байден Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяхудан Эронга ҳужум қилмасликни сўраган. Аммо Нетаньяху фақат зарба масштабини қисқартиришга рози бўлган.

FOTOGALEREYA: Eronning bugungi hujumi Isroilni qay ahvolga soldi?

Эрон Теҳроннинг тўхтатишга рози бўлгани ҳақида хабарлар тарқалган тинчлик келишувининг муддати яқинлашар экан, Исроилга бир нечта босқичли ҳаво ҳужумларини бошлади.

Senat Tanzila Norboyeva nomidan tarqalgani aytilgan xabarlarni rad etdi

Маълум қилинишича, бу каби хабарлар мутлақо асоссиз, ҳеч қандай ҳақиқатга тўғри келмайди.

Yaqin Sharqdagi vaziyat qanday?

Эроннинг ядровий иншоотларига зарбалар унинг ядровий дастурини тўхтата олмайди, деди Франция мудофаа вазири Лекорну.

Eron Qo‘shma Shtatlarning Qatardagi bazalariga 10 ta raketa va Iroqdagi bazasiga 1 ta raketa uchirgan

"Теҳроннинг амалиётлари “дўст ва қардош Қатар давлати ва унинг халқи учун таҳдид ёки хавф туғдирмайди”, дейилади Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши баёнотида.

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi AQSh bazalariga hujum yuzasidan bayonot berdi

Энди "ур ва қоч" даври тугади — агар бундай ҳужумлар яна такрорланса, АҚШнинг Ғарбий Осиёдаги мавжудлиги тезроқ емирилади, дейилади баёнотда.

Eron AQShning Qatar va Iroqdagi bazalariga raketa uchirdi

Шунингдек, Эрон Қўшма Штатларнинг Ироқдаги АҚШ кучларига ҳам ракета зарбалари берди, деб ёзмоқда Clash Report.

Furqat tumanida mahalla raisi hokimning haqorati ortidan vafot etdimi?

Йиғилишда маҳалла раислари зиммасига юклатилган вазифалар ижроси юзасидан топшириқлар берилган.

Zelenskiyni FPV-droni yoki snayper yordamida o‘ldirmoqchi bo‘lishganmi?

Тергов натижасига кўра, Россия томонидан ёлланган полшалик нафақахўр шахс қўлга олинган