Toshkentda Hindiston bilan hamkorlikda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki tashkil etiladi.
Toshkentda Hindiston bilan hamkorlikda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki tashkil etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 10 yanvardagi tegishli qarorida so‘z boradi.
O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Hindiston Eletkronika va axborot texnologiyalar vazirligi qoshidagi Dasturiy texnologiyalar parklari o‘rtasida Hindistonning ilg‘or tajribasi asosida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkini tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvga erishildi.
Texnoparkning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
axborot texnologiyalari sohasida raqobatbardosh mahsulotlar va xizmatlarni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni ichki va tashqi bozorda ilgari surish, innovasion ishlanmalarni rag‘batlantirish;
texnopark rezidentlarini o‘z faoliyatini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan yuqori texnologik infratuzilma va zamonaviy laboratoriyalar bilan ta’minlash, ularga moliyaviy, marketing, huquqiy va boshqa konsalting xizmatlari, xususan biznes akselerator xizmatlarini ko‘rsatish;
axborot texnologiyalar sohasida yangidan ish boshlagan va kichik korxonalarga startap-loyihalarni amalga oshirishda, innovasion faoliyati natijalarini tijoratlashtirishda, shu jumladan venchur moliyalashtirish asosida ko‘maklashish;
rezidentlarga loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilishda, shu jumladan zamonaviy dasturiy mahsulotlar va texnologiyalar transferini amalga oshirish orqali ko‘mak berish;
yuqori texnologiyali mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish tarmog‘ini amalga oshirish uchun ilmiy, ta’lim va ishlab chiqarish tashkilotlari faoliyatini integrasiyalashga ko‘maklashish;
axborot texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislar sinfini yaratish maqsadida yosh mutaxassislarni o‘qitishni tashkil etish;
etakchi kompaniyalar va mutaxassislar ishtirokida axborot texnologiyalari sohasida mahorat darslari, treninglar va malaka oshirish kurslari, shuningdek ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlar tashkil etish.
Texnoparkka Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Tepamasjid ko‘chasi 4-uydan bepul foydalanish huquqi berildi.
Manba: gazeta. uz
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.
Жей Ди Вэнс Fox News телеканалига берган интервюсида журналистнинг Трамп ва Путин ўртасида Аляскада бўлиб ўтадиган музокаралар ҳақидаги саволларига жавоб берди.
Жума куни кечқурундан бошлаб оммавий ахборот воситаларида 15 август куни Аляскада АҚШ президенти Дональд Трамп ва Владимир Путин муҳокама қилмоқчи бўлган «тинчлик режаси» ҳақидаги тафсилотлар тарқала бошлади.
Гумонланувчилар орасида Таиланднинг энг йирик қурилиш компанияларидан бири – Italian-Thai Development Премчай Карнасута ва Хитойнинг China Railway компанияси ҳам бор.
ҲАМАС ҳаракати Исроил ҳукумати томонидан Ғазо шаҳрини босиб олиш ва унинг аҳолисини мажбуран кўчириш режаларини кескин қоралаб, буни "катта оқибатларга олиб келувчи ҳарбий жиноят" деб атади.
Исроил Хавфсизлик кабинети Ғазо секторида фақат Ғазо шаҳрини босиб олиш режасини маъқуллади. Бу қарор аввал эълон қилингандай бутун сектор эмас, балки унинг шимолий қисмига доир босиб олишни назарда тутади.
Ҳолат юзасидан ўтказилган хизмат текшуви натижаларига кўра, 2006 йилда туғилган А.А. исмли шахс Чилонзор тумани 19-мавзе ҳудудида яланғоч ҳолда жамоат жойида ҳаракатланган.