Daniya Bosh vaziri NATO Bosh kotibi bo‘lishni xohlamasligini aytdi

Daniya Bosh vaziri NATO Bosh kotibi bo‘lishni xohlamasligini aytdi

Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen NATO bosh kotibi lavozimiga nomzodlar ro‘yxatida yo‘qligini ma’lum qildi.

"Men bu lavozimga nomzod emasman", - deydi u Reuters'ga bergan intervyusida.

Avvalroq, NATOning amaldagi bosh kotibi Yens Stoltenberg, hatto bunday taklif tushgan taqdirda ham, vakolat muddati tugaganidan keyin ham o‘z lavozimida qolishni rejalashtirmasligini aytgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!