Dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘ladi

Dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘ladi

O‘zbekiston hududi bo‘yicha hafta davomida kuzatilgan quruq va o‘rtacha issiq ob-havo dam olish kunlarida ham saqlanib turadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar qildi.

2-4 iyun kunlari respublikaning barcha hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Havo harorati +34…+39 daraja atrofida bo‘ladi. Bunday harorat iyun oyining boshidagi me’yoriy qiymatlardan 2-4 darajaga yuqoridir. Ammo O‘zbekistonning meteorologik kuzatuvlari yilnomasida ayrim yillar borki, ushbu yillarda havo harorati iyun oyining eng boshida +38…+40 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda +41…+43 darajagacha ko‘tarilgan.

Respublikaning tog‘li hududlarida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi, faqat Farg‘ona vodiysi bilan chegaradosh ayrim tog‘li hududlarda juma kunining ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Shimolda va cho‘l hududlarda 2 iyun kuni shamol 13−18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Poytaxtda 2-4 iyun kunlari havo kam bulutli bo‘ladi, sharqiy yo‘nalishdagi shamol birozdan o‘rtachagacha esadi. Harorat +34…+37 daraja atrofida bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!