Dahshat! Olimlar uysiz mushuklarning odamlarning jasadlarini yeyishlarini kuzatishdi

Dahshat! Olimlar uysiz mushuklarning odamlarning jasadlarini yeyishlarini kuzatishdi

Amerikalik olimlar odam jasadlarini yegan uysiz mushuklarni kuzatib, natijalarni e’lon qilishdi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Tadqiqot davomida ikkita mushuk va o‘nlab insonlarning jasadlari qatnashdi. Hodisa joyida o‘rnatilgan kameralar yozuvlari o‘rganildi. Unga ko‘ra, mushuklardan biri, 2017 yil oxirida murdalardan bittasini yeyishni boshlagan va 35 kun davomida deyarli har kecha shu ko‘rinishda ovqatlangan. Boshqa mushuk esa dastlab hech nima yemagan, ammo keyin ketma-ket bir necha kun mobaynida odam go‘shti bilan oziqlangan.

“Ular bir necha kun davomida oziq-ovqat manbasini qidirishdi va uni odam qoldiqlaridan topishdi”, deydi tadqiqot joyidagi laboratoriya mudiri Aleksandr Smit.

2017 yilda avstraliyalik Frenk Skot o‘limidan keyin tanasini shunga o‘xshash tadqiqotga berishlarini vasiyat qilgani haqida xabar berilgan edi. U buni ilm-fan ehtiyojlari va rivoji uchun qilayotgani, chunki shifokorlar uning hayotini ko‘p marta saqlab qolishganini aytgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!