CNN: AQShning Kiyevga bergan yangi yordam paketidagi qurollarning aksariyati Germaniya va Polshada joylashgan

CNN: AQShning Kiyevga bergan yangi yordam paketidagi qurollarning aksariyati Germaniya va Polshada joylashgan

AQShning Ukrainaga bergan yangi yordam paketidagi qurollarning aksariyati Germaniya va Polshada. Bu haqda CNN manbaga tayanib xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qisqa vaqt ichida Ukrainaga qurol jo‘natish imkonini beradi. CNN suhbatdoshining qo‘shimcha qilishicha, snaryadlar jangovar zonaga birinchilardan bo‘lib yetib keladi.

Kiyev qurollarni imkon qadar tezroq kerakli joyga yetkazib berishga harakat qilishiga qaramay, Ukraina «jiddiy logistika muammolariga» duch keladi, deb ta’kidlaydi telekanal. Shunday qilib, Rossiya jang maydonida ustunligini saqlab qoladi, deya xulosa qiladi CNN.

20 aprel kuni AQSh Kongressi Vakillar palatasi Ukrainaga qo‘shimcha yordam ajratish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi, bu esa Kiyevga taxminan 61 milliard dollar miqdorida yordam ko‘rsatishni, jumladan, Ukraina harbiylariga ATACMS taktik raketalarini topshirishni nazarda tutadi. Senat tashabbusni ko‘rib chiqishni 23 apreldan boshlaydi. AQSh prezidenti Jo Bayden Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali suhbatda Vashington tez orada Kiyevga yangi harbiy yordam paketini taqdim etishiga va’da berdi. Shu bilan birga, Pentagon departamentda Ukrainaga qurol yetkazib berish bo‘yicha aniq muddat yo‘qligini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!