Choy va qahva: qaysi mamlakatlarda bu ichimliklarga xohish bor?

A A A
Choy va qahva: qaysi mamlakatlarda bu ichimliklarga xohish bor?

Dunyoning ayrim mamlakatlaridagi choyxo‘rlik haqida so‘z yuritamiz.

Choy – avvaliga bemorlarni davolashda dori sifatida ishlatilgan. Ommaviy tarzda iste’mol qilish esa Tan sulolasi davrida boshlangan. Xitoyda choyning bir necha turi bor. Xitoyliklar asosan ko‘k, sariq va ulun deb nomlangan choyni xush ko‘rishadi. Qora choy ham sevib iste’mol qilinadi, ammo ko‘proq eksportga chiqariladi.

“Osmon osti mamlakati”da choy iliq holda ichiladi. Choyga shakar va boshqa mahsulotlar qo‘shilmaydi. Chunki qo‘shilgan boshqa mahsulotlar choy ta’mini buzar ekan. Xitoyliklar uchun choy kundalik iste’mol qilinadigan ichimlik sifatida ko‘riladi. Bundan tashqari, choy bilan bog‘liq bir qator an’analar mavjud. Unga ko‘ra, xitoyliklarda choy kichiklar tomonidan piyolalarga quyilib kattalarga uzatiladi. Oilalarda 3 litrgacha choy qaynatilib, chinni idishlarga damlanadi. Xitoyda turli ko‘rinishlarda choynak va piyolalar tayyorlanadi.

Yaponlar asosan ko‘k choy ichishadi. Ayrim hollarda sariq choy ham ichib turadilar. Sariq choy xitoyliklar usuli bilan 2 daqiqagacha damlanadi. Yaponlar choyni sekin-astalik bilan ho‘plab ichishadi. Yaponiyada choy ovqatdan avval, ovqat vaqtida va ovqatdan keyin ham ichiladi. Xitoyliklardan farqli ravishda yaponlar choyni issiq holda emas, balki sovitib ham ichishadi.

Tibetda asosan ko‘k choy ichadilar. Bir litr suvga 50-75 gramm choy solinadi. Tibet choyi insonni tetik qilishi aytiladi. Tibetliklar an’anasiga ko‘ra, sutli choy bilan mehmon qilish mehmonnavozlikning oliy ko‘rinishi ekan.

Tailandliklar achchiq qizil choyi bilan nom qozonishgan. Ular choyga sut va boshqa mahsulotlarni qo‘shishni yaxshi ko‘rishadi.

Hindiston va Shri Lankaga choy yetishtirishni inglizlar yo‘lga qo‘ygani aytiladi. Buyuk Britaniya choy masalasida Xitoyga qaramlikdan qutilish maqsadida Hindiston hududlarida choy yetishtirishga qaror qiladi. Unga qadar Hindistonda faqat buddaviy monaxlargina choy ichishgan. Bugungi kunda bu ikki mamlakat ahli choy ichish bo‘yicha yigirmata mamlakat safiga ham qo‘shila olmagan. Hindistonda asosan shimolda istiqomat qiluvchi aholi choy ichadi. Janubliklar esa asosan qahva ichishni afzal ko‘rishadi. Hindiston va Shri-Lankada choyga albatta shakar va sut qo‘shiladi.

Shimoliy Afrika va Arabistonda yalpiz choy ichiladi. Mag‘rib mamlakatlarida choy damlash ijtimoiy hayotning muhim ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Oshxona ishlari bilan faqat ayollar band bo‘lsa, choyni erkaklargina damlashadi. Oila rahbari shaxsan o‘zi choy damlab, mehmonlarga uzatadi. O‘z navbatida mehmonlar uch piyoladan ortiq choy ichishmaydi.

G‘arbiy Afrikada “Senegal choyi” deb atalmish choy juda ham mashhur. “Attaya“ deb nomlanuvchi mazkur choy ko‘k va qora choydan damlanadi. Buning uchun metall choynakdan foydalaniladi. Choynakka katta miqdorda choy, shakar, yalpiz bargi va sovuq suv solinib olovga qo‘yiladi. Qaynab chiqqunga qadar kutiladi. Shundan so‘ng shisha stakanlarga quyiladi. O‘zbeklarda choy uch marta qaytarilsa, G‘arbiy Afrikada choy stakandan stakanga bir necha bor solinadi.

AQShda choy qahvaga nisbatan 25 barobar kam ichiladi. Choy asosan Sharqiy sohil bo‘yidagi shtatlarda ist’emol qilinadi. Shunda ham qora choy afzal ko‘riladi. Kaliforniya ham choyxo‘rligi bilan mashhur. Bu shtatda Xitoy va Yaponiyadan xarid qilingan ko‘k choy ichiladi. Janubiy sohillarda muz va limon solingan sovuq choy ichiladi. Markaziy va Janubiy Amerika mamlakatlarida choy keng tarqalmagan. Mazkur mintaqalarda choyni eslatuvchi mate o‘simligining bargi ancha mashhur. Choy deganda Lotin Amerikasida sovuq ichimlik tushuniladi.

Avvallari Ozarbayjonda qora choy ko‘p ichilgan bo‘lsa, bugungi kunda choyning rangi deyarli ajratilmaydi. Ham ko‘k, ham qora choy ichilaveradi. Ozarbayjon choyxonasi Markaziy Osiyo choyxonasidan butunlay farqlanadi. Ozarbayjon choyxonalarida ovqat tortilmaydi, faqat choy ichiladi va shirinlik yeyiladi, xolos. Agar sovchilarga shirin choy berilsa, bu qizlarini berishga rozi ekanliklari anglashiladi. Choy alohida, shakar alohida qo‘yilsa, bu rad javobidir.

Evropa qit’asida choy kam ichiladi. Yevropaga choy Xitoydan XVII asr o‘rtalarida portugal, golland va inglizlar tomonidan olib kelina boshlandi. Avvaliga Yevropada ham davolash maqsadlarida qo‘llanilgan.

Oradan yillar o‘tib, choy ichish odatiy holatga aylandi. Biroq avval choy Yevropada qarshiliklarga uchraganini aytib o‘tish kerak.

“Ko‘hna qita”da ko‘proq qahva ichiladi. Shu sababli ham bu o‘lkalarda choy tayyorlash borasida milliy urf-odatlar deyarli yo‘q, desak ham bo‘ladi. Faqat inglizlar choyni milliy ichimlik sifatida ko‘rishadi. Inglizlar uzoq yillar davomida eng ko‘p choy ichadigan millat sifatida tan olib kelingan. Bu mamlakatda bir kishi o‘rtacha 2530 gramm choy ichadi. Inglizlar bir kunda uch marta choy ichadi. Ular choyga sut qo‘shadilar. Lekin avval choyga sut qo‘shish kerakmi yoki sutga choy qo‘shish kerakmi, degan savolga hamon javob topilmagan.

Shvesiyada qora choy, meva va gullar aralashmasidan tayyorlangan syoder choyi mashhur. Bu choy 1979 yilda kashf qilingan. Shveysariya qadoqlangan sovuq choyning vatani hisoblanadi. Shveysariya sovuq choy iste’moli bo‘yicha Yevropada birinchi o‘rinda turadi. Fransuzlar choy haqda 1636 yilda bilishgan. Germaniyada choy haqida ilk bor 1650 yilda ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Manba: O‘zA


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mahmud Muradov chexiyalik modelning qo‘lini so‘radi

Ўзбекистонлик собиқ UFC жангчиси иккинчи маротаба уйланиш арафасида.

Abduqodir Husanov «Barsa»ga o‘tishi mumkin — Deku uni «kelajak himoyachisi» deb biladi

Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.

Isroil mojarosiga aralashgan uchinchi davlat Eron tomonidan zudlik bilan jazolanadi

Бу ҳақда Ислом Республикаси Миллий хавфсизлик олий кенгаши баёнотида айтилади.

"Shu dam olish kunlari AQSh Eronni keng ko‘lamli bombardimon qilishni boshlaydi" - manba

Қўшма Штатлар Эронни кенг кўламли бомбардимон қилишни бошлайди.

Dollar kursi yana keskin «quladi»

Марказий банк 2025 йил 24 июндан валюталарнинг янги курсини белгилади.

Isroil Eron bilan urush tugaganini rasman e’lon qildi

Бу ҳақда Исроил бош вазирининг идораси баёнот берди.

Eron Isroilga zarba berishni to‘xtatish shartlarini aytdi

Бу ҳақда Эрон миллий хавфсизлик олий кенгаши баёнотида айтилади.

Eron butun Isroil bo‘ylab zarbalar berdi — Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi

Фарс агентлиги маълумотларига кўра, Эрон бугун Исроилга ҳудудига ҳужумда Kheibar Shekan, Emad, Qadr ва Fattah-1 баллистик ракеталаридан фойдаланган.

Eron Isroilni mag‘lubiyatga uchratganini ma’lum qildi

Бу ҳақда мамлакат Миллий хавфсизлик юқори кенгаши баёнотида келтирилган.

Xitoy Rossiyadan keyin Eron tomoniga o‘tdi

Илгари хитойликлар нейтрал позицияни сақлаган, аммо Пекиннинг мавқеи Си билан Владимир Путин ўртасидаги телефон суҳбатидан кейин ўзгарди.

Dahshat! Vafot etgan 88 yoshli ayol tobutda hushiga keldi

IDNES.cz нашрининг ёзишича, унинг турмуш ўртоғи 30 май куни тез ёрдам чақириб, хотинида ҳаёт белгилари йўқлигини маълум қилган

Srechko Katanes: "Jahon chempionatida terma jamoadan hech nima kutmanglar"

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.

O‘qituvchi ayol Islom Karimov nomidan xat yozib, hokimdan 700 ming dollar so‘ragani ma’lum bo‘ldi

Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.

Dahshat! Eron birinchi marta zamonaviy vertikal raketalardan foydalanmoqda

Бу ҳақда "Ozod Iran" нашри хабар берди.

Uta Abe Diyora Keldiyorovaga "vizov" tashladi

Келдиёрова бу ерда бўлмаганидан хафсалам пир бўлди. Умид қиламанки, у қайтади, шунда мен ундан қасос оламан

O‘zbekistonlik ikki legioner futbolchi klubsiz qoldi

Ўзбекистонлик футболчилар Жасур Жалолиддинов ва Бобур Абдухолиқовнинг Озарбойжондаги фаолияти якунига етди.

Shomurodov "Roma" yoki "Jenoa" o‘rtasida tanlov qildi

Римнинг "Рома" клуби ва Ўзбекистон терма жамоаси марказий ҳужумчиси Элдор Шомуродов "Рома" ёки "Женоа" ўртасида ўз танловини амалга оширди.

Eldor Shomurodov: «Bu savolga hech qachon javob bera olmayman»

Римнинг "Рома" клуби ва Ўзбекистон терма жамоаси марказий ҳужумчиси Элдор Шомуродов Ўзбекистон тарихидаги энг яхши футболчи ким эканлиги ҳақидаги саволга жавоб бера олмади.

Oq uyda g‘azab bo‘roni boshlandimi?

Кеча CNN телеканали Эрон билан урушнинг АҚШ ва Исроил томонидан эълон қилинган натижалари бўрттирилгани ҳақида мақола эълон қилди.

AQSh Eronga zarbalar natijasida yetkazilgan zararni qoplashi kerak

Бу ҳақда Эрон ташқи ишлар вазири ўринбосари Саид Хатибзода маълум қилди/

Xitoyda kuchli suv toshqini tufayli 80 mingdan ortiq odam evakuasiya qilindi

Ҳар икки ҳудудда огоҳлантириш даражаси энг юқори даражага кўтарилди.

Irlandiya Isroilga iqtisodiy bosim o‘tkazishga tayyorlanmoqda

Янги қонун лойиҳаси ишғол қилинган Фаластин ҳудудларидан маҳсулот олиб киришни тақиқлайди.

Eronda Isroil foydasiga josuslikda ayblangan uch kishi qatl etildi

Бу ҳақда Эрон ОАВлари хабар бермоқда.

Eronga qarshi kampaniya hali yakunlanmagan, oldinda uning yangi bosqichi turibdi

Биз Эроннинг ядро ва ракета дастурларини бир неча йил орқага сурдик. Аммо биз ҳушёр бўлишимиз шарт.

Toshkent aeroportida qizlarni Turkiyaga fohishalik uchun jo‘natish bilan shug‘ullangan ayol ushlandi

Ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 135-моддаси (одам савдоси) билан жиноят иши қўзғатилган.

Kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan 8,2 kg narkotik moddalar to‘xtatib qolindi

Таъкидлаш лозимки, мазкур шахслар муқаддам бир неча маротаба судланган бўлишларига қарамасдан, ўз хатоларидан тўғри хулоса чиқаришмаган.

Shakarsiz va yog‘siz qahva o‘lim xavfini kamaytiradi

АҚШлик олимлар кунига 1-2 финжон қора қаҳва ичиш ҳар қандай сабабдан ўлим хавфини 14 фоизга камайтиришини аниқлади.

Dneprga raketa hujumi: halok bo‘lganlar soni 8 nafarga yetdi, 150 dan ortiq kishi jarohat oldi

Бу ҳақда маҳаллий ҳокимиятлар хабар бермоқда.

Aftidan, kelishib olishdi. Ammo hali aniq emas

Исроил кейинги зарбалардан тийилишга ваъда берди.

Isroil tinchlik kelishuviga qaramasdan Eronga zarba berdi

Axios манбасига кўра, бугун Жо Байден Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяхудан Эронга ҳужум қилмасликни сўраган. Аммо Нетаньяху фақат зарба масштабини қисқартиришга рози бўлган.

FOTOGALEREYA: Eronning bugungi hujumi Isroilni qay ahvolga soldi?

Эрон Теҳроннинг тўхтатишга рози бўлгани ҳақида хабарлар тарқалган тинчлик келишувининг муддати яқинлашар экан, Исроилга бир нечта босқичли ҳаво ҳужумларини бошлади.

Senat Tanzila Norboyeva nomidan tarqalgani aytilgan xabarlarni rad etdi

Маълум қилинишича, бу каби хабарлар мутлақо асоссиз, ҳеч қандай ҳақиқатга тўғри келмайди.

Yaqin Sharqdagi vaziyat qanday?

Эроннинг ядровий иншоотларига зарбалар унинг ядровий дастурини тўхтата олмайди, деди Франция мудофаа вазири Лекорну.

Eron Qo‘shma Shtatlarning Qatardagi bazalariga 10 ta raketa va Iroqdagi bazasiga 1 ta raketa uchirgan

"Теҳроннинг амалиётлари “дўст ва қардош Қатар давлати ва унинг халқи учун таҳдид ёки хавф туғдирмайди”, дейилади Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши баёнотида.

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi AQSh bazalariga hujum yuzasidan bayonot berdi

Энди "ур ва қоч" даври тугади — агар бундай ҳужумлар яна такрорланса, АҚШнинг Ғарбий Осиёдаги мавжудлиги тезроқ емирилади, дейилади баёнотда.

Eron AQShning Qatar va Iroqdagi bazalariga raketa uchirdi

Шунингдек, Эрон Қўшма Штатларнинг Ироқдаги АҚШ кучларига ҳам ракета зарбалари берди, деб ёзмоқда Clash Report.

Furqat tumanida mahalla raisi hokimning haqorati ortidan vafot etdimi?

Йиғилишда маҳалла раислари зиммасига юклатилган вазифалар ижроси юзасидан топшириқлар берилган.

Zelenskiyni FPV-droni yoki snayper yordamida o‘ldirmoqchi bo‘lishganmi?

Тергов натижасига кўра, Россия томонидан ёлланган полшалик нафақахўр шахс қўлга олинган

Isroil zarbalari oqibatida Eronda taxminan 500 kishi halok bo‘ldi

“Эрон ҳуқуқ ҳимоячилари” инсон ҳуқуқлари ташкилоти эса ҳалок бўлганлар сонини деярли икки баробар кўпроқ деб баҳоламоқда.

Toshkentda 11 yoshli qiz tok urishi natijasida halok bo‘ldi

Фожиа 30 май куни тахминан соат 18.00 да Миробод туманида содир бўлган.