Chilonzorda Damas borib yoritgich ustuniga urildi

Chilonzorda Damas borib yoritgich ustuniga urildi

Joriy yilning 17 mart kuni soat 14.30 larda Chilonzor tumani Muqimiy ko‘chasida haydovchi Damas rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib rul boshqaruvini yo‘qotib, yoritgich ustuniga to‘qnashib yo‘l transport hodisasi sodir etgan.

To‘qnashuvdan so‘ng yoritgich ustuni shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Laceti rusumli avtomashina old qismiga yiqilib texnik shikast yetkazgan.

YTH natijasida tan jarohat olganlar yo‘q.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!