Chilonzorda avtobusda yong‘in chiqdi

Chilonzorda avtobusda yong‘in chiqdi

Joriy yilning 25 fevral kuni soat 13:30 larda  Uchtepa tumani, Chilonzor 21-mavze Katta Xirmontepa ko‘chasida, haydovchi N.R. boshqaruvidagi “Mercedes-Benz” rusumli  8-yo‘nalishda Sergeli-7 dan Chilonzor 25-mavzega harakatlanuvchi avtobus bekatda to‘xtab turgan vaqtida dvigatel qismining elektr simlari tutab yong‘in chiqqan. O‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga o‘z vaqtida yetib kelib yong‘inni bartaraf etishgan. 
Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. 
Hurmatli haydovchilar boshqaruvingizdagi transport vositasini texnik sozligini o‘z vaqtida nazorat qilishingizni so‘rab qolamiz. O‘zingiz va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymang.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!