Chernogoriyada Bugundan komendantlik soati kuchga kirdi

Chernogoriyada Bugundan komendantlik soati kuchga kirdi

Chernogoriyada koronavirus tarqalishining oldini olish uchun bugun, 15 noyabrdan boshlab komendantlik soat joriy qilindi. Fuqarolarning soat 21:00 dan 05:00 gacha uydan chiqishi taqiqlanadi. Bu haqda Chernogoriyaning Yuqumli kasalliklar bo‘yicha milliy kengashi ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, komendantlik soati 1 dekabrga qadar amalda bo‘ladi va undan keyin ham vaziyatga qarab uzaytirilishi mumkin.

Shuningdek, 15 noyabrdan boshlab mamlakatdagi do‘konlar va restoranlar faqat soat 20:00 gacha ishlaydi. Dam olish kunlari bir shahardan boshqasiga sayohat qilish taqiqlanadi. Bundan tashqari, to‘rt nafardan ortiq odamning yig‘ilishiga taqiq joriy etiladi.

13 noyabrda kun davomida Chernogoriyada 601 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Pandemiya davrida mamlakatda 26,1 ming kishi koronavirus bilan kasallangan, 377 kishi kasallik sababli vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!