CCV: Yurtimizda 22 ta xorijiy universitet bilan hamkorlikda tibbiyot kadrlari tayyorlanmoqda

CCV: Yurtimizda 22 ta xorijiy universitet bilan hamkorlikda tibbiyot kadrlari tayyorlanmoqda

O‘ktam Ismailov,
Sog‘liqni saqlash vazirligi
fan va ta’lim boshqarmasi boshlig‘i:

— Bo‘lajak tibbiyot xodimlarini o‘qitish o‘ta mas’uliyatli vazifa. Shu bois yurtimizda ushbu yo‘nalishda ilg‘or ta’lim standartlari asosida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga jiddiy e’tibor qaratilyapti. Bu o‘z navbatida sohada kadrlar siyosatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqayotir.

Xo‘sh, ushbu ijobiy o‘zgarishlar nimalarda namoyon bo‘lmoqda?

Avvalo shuni aytish kerakki, oxirgi 5-6 yil ichida mamlakatimizda oliy tibbiy ta’lim muassasalari soni 11 taga yetkazildi.

Xususan, Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti (FJSTI) va Qoraqalpoq tibbiyot institutlari tashkil etildi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax Navoiy, Qashqadaryo va Namangan viloyatlari oliy ta’lim muassasalarida 6 ta tibbiyot fakultetlari ochildi.

Buxoro davlat tibbiyot institutida Turkiyaning sog‘liq bilimlari universiteti bilan hamkorlikda Turkiya tibbiyot fakulteti;

Toshkent shahrida N.I. Pirogov nomidagi Rossiya tibbiyot universitetining filiali;

Jizzax shahrida Qozon federal universiteti filiali tashkil etildi.

Qolaversa, Rossiya, Koreya, Germaniya, Belorus, Turkiya, Ukraina, Hindiston, Italiya, Xitoy, Polsha davlatlarining 22 ta universiteti bilan 12 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, 10 ta magistratura va 8 ta klinik ordinatura mutaxassisliklari bo‘yicha xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Natijada bakalavriatda 4 ta yangi ta’lim yo‘nalishi ochilib, qabul kvotalari 2,4 baravarga ortdi.

Magistraturada 14 ta yangi mutaxassiclik tashkil etilib, kvotalar 3 baravarga oshgan bo‘lsa, klinik ordinaturada 6 ta yangi mutaxassislik hisobiga qabul o‘rinlari 2 baravarga ortdi.

Shuningdek, internatura joriy etilib, 19 ta yo‘nalishda yiliga 500 nafar tor mutaxassis tayyorlanmoqda.

O‘quv rejalaridagi nomutaxassis fanlar ulushi esa 2 barobarga qisqartirildi.

Ushbu ijobiy o‘zgarishlar, shubhasiz sohada yuqori darajadagi mutaxassislar tayyorlashga xizmat qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!