BYD elektromobillariga o‘zbek tilidagi "Muxlisa AI" ovozli yordamchini o‘rnatish rejalashtirilmoqda

BYD elektromobillariga o‘zbek tilidagi "Muxlisa AI" ovozli yordamchini o‘rnatish rejalashtirilmoqda

Joriy yilning yanvar oyida "UZINFOCOM" delegasiyasi Xitoyga qilgan safari davomida samarali uchrashuv va muzokaralar natijasida «iFlyTek» va BYD kompaniyalari o‘rtasida rasmiy uch tomonlama bitim tuzishga erishgan edi. Unga ko‘ra 2024 yil oxirigacha BYD avtomobillarida o‘zbek tilida "Muxlisa AI" ovozli yordamchisi o‘rnatilishi kelishib olingan.

«iFlyTek» – sun’iy intellekt dasturiy ta’minoti va xizmatlarini yetkazib beruvchi, ayniqsa, ovozni aniqlash, tasvirni qayta ishlash sohalarida xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya hisoblanadi. Kompaniya 1999 yilda tashkil etilgan bo‘lib, sun’iy intellekt sohasida dunyodagi eng innovasion kompaniyalardan biri sifatida tan olingan.

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Xitoyning «iFlyTek» kompaniyasi vise-prezidenti Duan Da Vei bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida "Muxlisa AI" loyihasi muhokama qilindi hamda uni O‘zbekistonda aqlli ovoz funksiyasiga ega zamonaviy BYD elektromobillariga integrasiyalash masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, turli sohalarda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda kompaniya bilan hamkorlikda O‘zbekistonda sun’iy intellektni rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish, texnologik startaplarga sarmoya kiritish masalalari ham ko‘rib chiqildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!