Buyuk Britaniyada niqob taqish rejimi kuchayishi mumkin

Buyuk Britaniyada niqob taqish rejimi kuchayishi mumkin

Buyuk Britaniyada niqob taqish rejimining talablari kuchaytirilishi mumkin.

Bu haqda Bosh vazir Boris Jonson Londondagi bir nechta ovqatlanish punktlarini ko‘zdan kechirgandan so‘ng ma’lum qildi.

Britaniyalik olimlarning ta’kidlashicha, Buyuk Britaniya niqob taqish bo‘yicha ko‘plab davlatlardan ancha orqada.

“CNN” telekanali bu haqda hattoki katta maqola ham e’lon qildi.

Mahalliy mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ularning yo‘qligi antijtimoiy xatti-harakatlar sifatida ko‘rib chiqilishi kerak.

Aslida, Britaniya fuqarolari jamoat transporti hamda kasalxonalarga borishda niqob taqishlari shart.

Ammo rasmiy ma’lumotlarda qayd etilishicha, o‘tgan hafta o‘z uylaridan chiqqan voyaga yetgan britaniyaliklarning atigi yarmidan ko‘prog‘igina niqob taqish rejimiga rioya qilgan.

Shu bois ham Buyuk Britaniyada niqob taqish rejimi kuchayishi mumkinligi ma’lum qilinmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!