Buyuk Britaniyada koronavirusga qarshi vaksina odamlarda sinovdan o‘tkaziladi

Buyuk Britaniyada koronavirusga qarshi vaksina odamlarda sinovdan o‘tkaziladi

Britaniyaning The Guardian nashri koronavirus bilan kurashish uchun eksperimental vaksinani ixtiyoriy ravishda sinab ko‘rish boshlanganini e’lon qildi. Klinik sinovlar keyingi kunlarda London Imperial kolleji bazasida 300 kishi ishtirokida boshlanadi.

18 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan har bir ko‘ngilli vaksinaning ikki dozasini oladi va ijobiy immunitet reaksiyasi bo‘lsa, 6 ming kishi eksperimentda qatnashishi mumkin.

Vaksinaning xavfsizligi allaqachon hayvonlarda sinov bosqichida, shuningdek, uning yangi virusga qarshi kurashda samaradorligi tasdiqlangan.

Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi N.F.Gamalei nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy markazi bilan birgalikda yaqin kunlarda ko‘ngillilarda koronavirus vaksinasini sinovdan o‘tkazishi haqida xabar berilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!