Buxorodagi YTH: yana bir o‘quvchi qiz va avtobus haydovchisi vafot etdi

Buxorodagi YTH: yana bir o‘quvchi qiz va avtobus haydovchisi vafot etdi

18 mart kuni Buxoro viloyati Kogon tumani hududida avtobus hamda yuk avtomobili ishtirokida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida yana ikki kishi halok bo‘ldi.

Hodisa yuzasidan berilgan ilk xabarlarda maktab o‘quvchilari Buxoro shahridagi teatrga olib ketilayotgan avtobusda bo‘lgan o‘quvchilardan biri voqea joyida vafot etgani, yana biri shifoxonaga yotqizilgani aytilgandi.

Kun.uz manbasiga ko‘ra, 19 mart kuni Kogon tumanidagi 5-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining yana bir o‘quvchisi shifoxonada vafot etgan.

Kun.uz holatga oydinlik kiritish maqsadida Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot kotibi Iroda Oripova bilan bog‘landi. Boshqarma matbuot kotibi o‘quvchi qiz vafot etganidan xabari yo‘qligi, kun davomida boshqa tadbirlarda bo‘lgani, biroq boshqarma mas’ullari shifoxonaga borib-kelib turishganini ma’lum qildi.

Avvalroq «Yangi O‘zbekiston» nashri YTH oqibatida 1991 yilda tug‘ilgan avtobus haydovchisi O.SH. shifoxonada vafot etgani haqida xabar bergandi.

Shu tariqa, YTH qurbonlari soni uch nafarni tashkil etmoqda. Hodisa oqibatida avtobusda bo‘lgan yana 25 nafar o‘quvchiga tibbiy yordam ko‘rsatilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!