Ijtimoiy tarmoqlarda fojiali video tarqaldi. Unda bir shaxs o‘zini avtobus tagiga tashlagani aks etgan.
Buxoro viloyati IIB axborot xizmati rahbarining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, Buxoroda xorazmlik o‘smir avtobus tagiga o‘zini otib, joniga qasd qilgan.
Ta’kidlanishicha, holat Buxoro shahrida joylashgan «Karvon» savdo bozori chorrahasini kesib o‘tuvchi «Buxoro-Xorazm-Turkmanboshi» yirik xalqaro yo‘lida sodir bo‘lgan. Joriy yilning 28 sentyabr kuni taxminan soat 09:30 larda yo‘l chetida o‘smir yigit bir necha daqiqa telefon orqali muloqotda bo‘lib turgan. U kutilmaganda yo‘l harakati qoidasiga muvofiq o‘z yo‘nalishida belgilangan tezlikda harakatlanib kelayotgan yo‘lovchi tashish avtobusi tagiga o‘zini otgan. Bir necha daqiqa ichida sodir bo‘lgan bu holat voqelikka guvoh bo‘lganlarni hamda avtobusdagi yo‘lovchilarni qattiq stressga solgan.
Voqea joyiga zudlik bilan viloyat IIB YPX xodimlari yetib kelishgan. Aniqlanishicha, voqea joyida vafot etgan shaxs asli 17 yoshli xorazmlik o‘smir bo‘lgan. U bundan bir necha kun ilgari IELTS olish uchun Toshkent shahriga jo‘nab ketgan bo‘lgan. Qaytishda esa (hozircha sababi ochiqlanmagan) Xalqaro ahamiyatga ega yo‘lning Buxoro hududiga tushib qolgan va videotasvirda muhrlanganidek o‘z joniga qasd qilgan.
Ayni paytda Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Россия Хавфсизлик кенгаши котиби ГФР канцлери Мерцнинг Германия Украинанинг Россия ҳудудига зарба бериш масофаси бўйича чекловларни бекор қилаётгани ҳақидаги сўзларига шундай изоҳ берди.
Украина Ташқи разведка хизмати Россиянинг 20 та заводи ҳақида ишончли маълумотларга эга. 2024-2025 йиллар мобайнида Россия ва Хитой ўртасида авиация соҳасидаги ҳамкорликнинг камида 5 та ҳолати қайд этилган.
Аввалроқ Германия канслери Мерц Киевга етказиб бериладиган қурол-яроғ турларига чекловлар олиб ташланиши ва уларни биргаликда ишлаб чиқаришни молиялаштириш ҳақида маълум қилганди.
Мудофаа вазирлиги "harbiy Wi-Fi" сифатида танилган Линк-16 орқали маълумотлар алмашинувини таъминловчи CRC System Interface (CSI) тизими бўйича келишувни имзолади.
Ўзбекистон президенти ҳузуридаги хавфсизлик кенгаши котиби ўринбосари, президентнинг ташқи сиёсат масалалари бўйича махсус вакили Абдулазиз Комилов бу ҳақда “Ishonch uz” сайтига берган интервюсида айтиб ўтди.
"2024 йилда Россия Қуролли Кучлари билан 374,2 мингдан 407,2 минг нафаргача одам шартнома имзолаган", дея маълум қилди “Важние истории” федерал бюджет харажатлари маълумотларига таяниб.
ДХХнинг Сирдарё вилояти бўйича бошқармаси ҳамда ИЖҚКД ҳамкорлигида ўтказилган тезкор тадбирда муҳандис ушбу пул маблағини олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.