Buxoroda soxta pul chiqargan yigitlar 5 yilga qamaldi

Buxoroda soxta pul chiqargan yigitlar 5 yilga qamaldi

Ular 100 va 200 ming so‘mlik kupyuralarni jami 10 mln so‘m mablag‘ni qalbakilashtirgan.

Avvalroq, Buxoroda pullarni qalbakilashtirgan bir guruh yoshlar qo‘lga olingan edi.
Ma’lum qilinishicha, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida yashovchi yigitlar 100 va 200 ming so‘mlik kupyuralarni o‘z xonadonida qalbakilashtirib, muomalaga kiritishga uringan.
Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar qildi.

Jinoiy guruh 19 dona 100 ming so‘mlik jami 1 mln 900 ming so‘m pul kupyuralari, 49 dona A4 formatidagi qog‘ozlarda 98 dona qiymati 100 ming so‘mlik jami 9 mln 800 so‘m pul kupyuralarini printer yordamida qalbakilashtirganligi aniqlangan.
20-21 yoshli yigitlarni sud kursiga yetaklagan ushbu jinoiy ish JIB G‘ijduvon tumani sudida ochiq sud majlisida ko‘rib chiqildi.

Sud hukmiga ko‘ra, ularga nisbatan JKning 59-61 moddalari tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!