Buxoroda erkak o‘zini tomdan tashlamoqchi bo‘ldi

Buxoroda erkak o‘zini tomdan tashlamoqchi bo‘ldi

Buxoroda erkak o‘z ayoli bilan janjallashib qolib o‘zini tomdan tashlamoqchi bo‘ldi. Bu haqda FVV xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 31 mart kuni erkak uyida ayoli bilan janjallashgan va ko‘p qavatli uyning tom qismiga chordoq (cherdak) orqali chiqib, eshikni tashqaridan qulflab olgan va hech kimni o‘ziga yaqinlashishga qo‘ymagan.

Shundan so‘ng, Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga fuqarolar tomonidan Buxoro shahar 6 kichik nohiyada istiqomat qiluvchi fuqaro N. SH.(fuqaroning aniq manzili va ismi sharifi oshkor etilmaydi) o‘zi yashab turgan ko‘p qavatli uyning tom qismidan joniga qasd qilish maqsadida o‘zini tashlamoqchi ekanligi to‘g‘risidagi xabar kelib tushgan.

Xabar qabul qilingan zahoti voqea joyiga FVB rahbariyati hamda Yong‘in qutqaruv otryadi zudlik bilan yetib borgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!