Buvayda tumanida plastik kartadan pul o‘g‘irlagan shaxs aniqlandi

Buvayda tumanida plastik kartadan pul o‘g‘irlagan shaxs aniqlandi

Buvayda tumani.12 fevral kuni fuqaro G‘.X IIBga murojaat qilib, unda 24 yanvar kuni noma’lum shaxs tegishli bank tomonidan rasmiylashtirilgan plastik kartasini boshqarish imkoniyatini qo‘lga kiritib, plastik kartasida bo‘lgan 2.020.000 so‘m pullarini yashirin ravishda o‘g‘irlaganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.Farg‘ona viloyati IIB JQB TEQKB va tuman IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni R.O sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!