Bugungi o‘yinlar anonsi. Neymar Messi uddalay olmagan ishni bajara oladimi?

Bugungi o‘yinlar anonsi. Neymar Messi uddalay olmagan ishni bajara oladimi?

Bugun jahon chempionati guruh bosqichi doirasidagi o‘yinlar davom ettiriladi. Bugun jahon chempinatining ikki favoriti — Braziliya hamda Germaniya terma jamoalari maydonga tushishadi.

Bugunning dastlabki o‘yini Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da Kosta-Rika hamda Serbiya o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Mazkur terma jamoalarning darajasi teng bo‘lgani uchun o‘yin shiddatli kechishi kutilmoqda.

Soat 20:00 da esa Germaniya Meksikaga qarshi maydonga tushadi. Bir tomondan ushbu to‘qnashuvda “nemis mashinasi” favorit sanalyapti, ammo Germaniya tarkibining nisbatan yosh va mundialda tajribasizroq ekanligini inobatga olsak, Meksikada ham imkoniyatlar yuzaga kelishi tayin.

Nihoyat, tungi soat 21:00 da Braziliya termasi Shvetsariyaga qarshi saf tortadi. Neymar qo‘shini Shakiri lashkarining qarshiligini sindirishga urinib ko‘radi. Ko‘ramiz, Neymar jamoasini g‘alaba sari yetaklay olarmikin? U Ronaldu uddalagan, Messi esa amalga oshira olmagan missiyani qanchalik bajara olarkin? Balki, bugun bu galgi jahon chempionatining ikkinchi xet-trigini ko‘rarmiz.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!