Bugun Garvard universitetida Shnobel mukofotlari topshiriladi

Bugun Garvard universitetida Shnobel mukofotlari topshiriladi

Bugun, 13 sentyabr kuni AQShning Massachusets shtatidagi Garvard universitetida Shnobel mukofoti sovrindorlari e’lon qilinadi, deb xabar beradi «Exo Moskvi».

Ushbu mukofot eng bema’ni ilmiy yutuqlar va nostandart g‘oyalar uchun beriladi.

Masalan, 2017 yilda Avstraliya aborigenlarining dijerida puflab chalinadigan musiqiy asbobini chalish xurrak otishdan xalos bo‘lish va yaxshi uxlashga yordam berishini isbotlagan Syurix universiteti olimlari Tinchlik bo‘yicha Shnobel mukofotiga ega bo‘lgan edi.

Bu yil Shnobel mukofoti 28-marta topshiriladi. G‘oliblar Massachusets texnologiya institutida ma’ruza o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!