Bu yil Xalqaro islom akademiyasiga qabul yangi tartibda o‘tadi

Bu yil Xalqaro islom akademiyasiga qabul yangi tartibda o‘tadi

“O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga o‘qishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasi qarori (PQ-358-son, 5.06.2020 y) qabul qilindi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qaror bilan 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bakalavriatiga o‘qishga kirishga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun dastlabki imtixondan o‘tish tartibi joriy etiladi.

Dastlabki imtixonni o‘tkazish jadvali Akademiya qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi va uni o‘tkazish boshlanishidan kamida 10 kun avval Akademiyaning internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.

Dastlabki imtixon Akademiya negizida zarur texnik, tibbiy va boshqa sharoitlarni yaratgan holda o‘tkaziladi. Bino va auditoriyalar xavfsizlik talablari, jumladan, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga to‘liq javob berishi shart.

Dastlabki imtixon natijalari asosida abituriyentlarni kirish imtixonlarining keyingi bosqichlariga (kasbiy (ijodiy) imtixon va test sinovlari) o‘tkazish yoki o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilinadi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!