Britaniyadagi musulmonlarga qarshi tartibsizliklar ortida sionistlar turibdimi?

Britaniyadagi musulmonlarga qarshi tartibsizliklar ortida sionistlar turibdimi?

Buyuk Britaniyada 30 iyuldan buyon o‘ta o‘ngchi aksil-musulmonlar va muhojirlarga qarshi namoyishlar yetakchisi Tommi Robinson AQShning sionistik tashkilotlari tomonidan moliyalashtiriladi. O‘zini «sionist» deb ta’riflagan Robinson qariyb 20 yildan beri Britaniyani Islom bosib olishi haqida nutqlar qilib, musulmonlarni haqoratlovchi bayonotlar berib kelmoqda.

Ta’kidlanishicha, Robinsonga moliyaviy yordam ko‘rsatuvchi guruhlarning aksariyati isroilni qo‘llab-quvvatlovchi Amerika millatchilariga tegishli.

Filadelfiyada joylashgan Yaqin Sharq Forumi (MEF) Robinsonning eng yirik moliyachilaridan biri hisoblanadi. MEF rahbari Daniyel Pips The Times of Israel gazetasiga Robinsonni himoya qilish uchun atigi uchta namoyish uchun 60 ming dollar sarflanganini tasdiqladi.

Nyu-Yorkdagi Gatestone instituti tadqiqot markazi Robinsonni himoya qilish uchun qator maqolalar chop etdi. Kaliforniyada joylashgan Devid Xorovitz Ozodlik Markazi (DHFC) ham Robinsonni himoya qiluvchi bir qator maqolalar chop etdi va uning amerikalik siyosatchilar bilan chiqishi uchun lobbichilik qildi. MEF ham, Gatestone ham o‘zini «qiziqqon sionist» deb atagan va Gatestone institutiga asos solgan amerikalik yahudiy ayol Nina Rozenvald tomonidan moliyalashtiriladi. Bu tahlil markazlari bir necha bor G‘arbda islomga qarshi kayfiyatni qo‘zg‘atganlikda ayblangan.

Ijtimoiy tarmoqlarda 7-oktabrdan beri isroilni himoya qilish maqsadida postlar yozishda davom etgan Robinson buning uchun doimiy pul oladi.

Birlashgan Qirollikdagi o‘ta o‘nglar noroziliklarini AQShdagi sionistlar lobbisi hamda isroildagi sionistlar qo‘llab-quvvatlamoqda. Quddus merining o‘rinbosari va aholi punktlari bo‘limi boshlig‘i Are King ijtimoiy tarmoqlarda musulmonlarga qarshi hujumlarni qo‘zg‘atuvchi postlar joylashtirdi. King o‘z postlarida musulmonlar Angliyada hokimiyatni qo‘lga kiritgan degan da’voni himoya qilib, provokasiyalar uyushtirmoqda.

Britaniya polisiyasi namoyishlarning dastlabki kunlarida qarshilik uchun yetarli bo‘lmaganiga, hukumat «doimiy armiya» ajratishga majbur bo‘ldi. Namoyishlarga tezkorlik bilan qarshilik qilish uchun maxsus tayyorlangan 6 ming polisiyachi hozirlandi. Ijtimoiy tarmoqlarda yig‘ilish rejalarini kuzatayotgan polisiya darhol namoyishlarga qarshilik qilishga muvaffaq bo‘ldi. O‘ta o‘ngchilar zo‘ravonliklari davom etar ekan, polisiya yangi tashkilotga aloqador 400 dan ortiq odamni allaqachon hibsga olganini e’lon qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!