Britaniya Putinni ogohlantirdi: Biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz!

Starmer: "Putin Ukrainada tinchlik masalasini o‘yinga aylantirishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak"
Buyuk Britaniya bosh vaziri Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish imkoniyati bilan "o‘yin qilishiga" yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidladi, deya xabar bermoqda BBC News 15 mart kuni.
"Biz prezident Putinning [AQSh prezidenti Donald] Tramp kelishuvi bilan o‘ynashishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz. Kremlning prezident Trampning o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi taklifini butunlay e’tiborsiz qoldirishi Putinning tinchlikka intilmayotganini yaqqol ko‘rsatmoqda," - dedi Britaniya bosh vaziri.
Agar Rossiya nihoyat muzokaralar stoliga o‘tirsa, bu jiddiy va barqaror tinchlik ekanligiga ishonch hosil qilish uchun o‘t ochishni to‘xtatish jarayonini kuzatishga tayyor bo‘lishimiz lozim. Aks holda, Rossiyaga iqtisodiy bosimni kuchaytirish va bu urushni to‘xtatish uchun barcha kuch-g‘ayratimizni safarbar etishimiz shart.
Vladimir Putin 13 mart kuni AQShning Rossiya-Ukraina urushida vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish rejimini joriy etish taklifini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva Vashingtondan ayrim savollarga javob olishni maqsad qilgan. Xususan, Putin o‘t ochishni to‘xtatish rejimi davrida Ukraina armiyasi qanday harakat qilishi bilan qiziqmoqda.