Britaniya 190 mingdan ortiq muhojirni deportasiya qilmoqchi

Britaniya 190 mingdan ortiq muhojirni deportasiya qilmoqchi

Yaqin uch yil ichida Britaniya hukumati 190 mingdan ortiq muhojirni deportasiya qilishi mumkin. Ulardan 45 mingga yaqini — bolalar. Bu haqda Britaniya qochqinlar kengashi saytida e’lon qilingan hisobotda aytiladi.

Buning uchun Buyuk Britaniya hukumati noqonuniy migrasiya bo‘yicha yangi qonunni qabul qilishi kerak. Ular 28 kunga hibsga olinishi, keyin deportasiya qilinishi mumkin. Tashkilot, shuningdek, 45 ming bolani ham xuddi shunday taqdir kutayotganini aytdi. Kengash hisob-kitobiga ko‘ra, deportasiya qilinishi mumkin bo‘lmagan muhojirlarning vaqtinchalik ushlab turilishi mamlakatga to‘qqiz milliard funt sterlingga tushmoqda.

Shuningdek, hisobotga ko‘ra, har yili 65 mingga yaqin odam La-Mansh bo‘g‘ozi bo‘ylab rezina qayiqlarda chegarani kesib o‘tadi. Jamoatlar palatasi tomonidan ko‘rib chiqiladigan yangi qonun loyihasi La-Mansh orqali puflama qayiqlarda kelgan noqonuniy muhojirlarni zudlik bilan mamlakatdan chiqarib yuborishni nazarda tutadi.

Noqonuniy muhojirlarning aksariyati Eritreya, Sudan, Suriya va Erondan keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!