Bred Pitt va Anjelina Jolining 15 yoshli qizi Vivyen onasi bilan spektakl taqdimotiga keldi

Bred Pitt va Anjelina Jolining 15 yoshli qizi Vivyen onasi bilan spektakl taqdimotiga keldi

Amerikalik taniqli aktrisa Anjelina Joli prodyuserlik sohasida ham yaxshi tajribaga ega. 2023 yilning avgust oyida Joli “The Outsiders” myuziklini sahnalashtirishi ma’lum bo‘lgan edi. Loyiha ustida aktrisa qizi bilan birga ishladi. Vivyen onasining shaxsiy yordamchisi bo‘ldi.

Va nihoyat, 11 aprel kuni Nyu Yorkdagi Bernard B. Jeycobs teatrida musiqali filmning premyerasi bo‘lib o‘tdi. Gollivud yulduzi farzandi bilan qizil gilamda tilla rangli libosda paydo bo‘ldi.

“The Outsiders” shousi Frensis Ford Koppolaning 1983 yilda suratga olingan “Quvilganlar” filmi asosida sahnalashtirildi.

“Hayajonli voqealarga boy myuzikl o‘zlikni anglashda insonlar duch keladigan murakkab vaziyatlar hamda qarindoshlik va do‘stlik rishtalari haqidadir”, deyiladi loyiha tavsifnomasida.

Mazkur filmni qayta sahnalashtirishda Jolini uning qizi ilhomlantirdi. La Jolla Playhouse teatrida “Quvilganlar” spektaklini tomosha qilgan Vivyen katta taassurotlar bilan uyga qaytadi va onasi bilan o‘z g‘oyalarini bo‘lishadi. O‘sha kundan boshlab Vivyen teatr san’atiga qiziqib qoldi va Brodveydagi spektakllarga tez-tez tashrif buyura boshladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!