Bosh vazir Jeyms Marape Baydenni tanqid qildi

Bosh vazir Jeyms Marape Baydenni tanqid qildi

Papua-Yangi Gvineya bosh vaziri Jeyms Marape AQSh prezidenti Jo Baydenni tanqid qildi. Avvalroq, Amerika rahbari Ikkinchi jahon urushi paytida Yangi Gvineyadagi aviahalokatda halok bo‘lgan amakisi Ambroz Finneganning jasadi Yangi Gvineyada odamxo‘rlar tomonidan yeb qo‘yilgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan edi.

Marape 21 aprel kuni e’lon qilingan bayonotida: «Prezident Baydenning so‘zlari taxminga asoslangan bo‘lishi mumkin, ammo mening mamlakatim bunday deb nomlanishga loyiq emas», dedi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Papua-Yangi Gvineya va Sulaymon orollarida Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan odamlarning jasadlari, samolyot va kema bo‘laklari, shuningdek, portlamay qolgan bombalar bor, ular tufayli odamlar hali ham halok bo‘lmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!