Bosh prokuratura departamenti boshlig‘i ishdan olingani aytildi. Uning matbuot kotibi bundan bexabar

Bosh prokuratura departamenti boshlig‘i ishdan olingani aytildi. Uning matbuot kotibi bundan bexabar

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i Shamsiddin Sohibnazarov lavozimidan olingani xabar berilgach, “Daryo” bunga aniqlik kiritish uchun mas’ul bilan bog‘landi. Lavozimidan ketgani aytilayotgan Shamsiddin Sohibnazarovning matbuot kotibi Nurbek Halimov jurnalistning bu haqdagi savoliga javoban voqeadan bexabar ekanini aytdi.

Bu haqda menda ma’lumot yo‘q, — dedi u.

Mas’ul shuningdek, “Ayni paytda rahbar o‘z o‘rnidami, ishdami?”, degan savolni esa ochiq qoldirdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i Shamsiddin Sohibnazarov mazkur lavozimda 2023 yil 17 oktyabrdan beri ishlab kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘ining lavozimga tayinlanishi va ishdan olinishi prezident farmoni bilan amalga oshiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!