Bosh maqsad — yoshlarni kasbga yo‘naltirish va ularning bandligini ta’minlashdir

Bosh maqsad — yoshlarni kasbga yo‘naltirish va ularning bandligini ta’minlashdir

Joriy yilning 5 aprel kuni “kun.uz” saytida «Erni egasiga berish kerak, dehqonning ishiga hech kim aralashmasligi shart. Tahlil va taklif» nomli maqola e’lon qilindi.

Maqolada nega 4 million gektarga yaqin ekin yerlarimiz bo‘la turib, qishloq aholisi Rossiyada qora ishchi bo‘lib yurgani, kimdir bir parcha yaroqsiz yerida xalqini to‘yg‘azib, yana meva-sabzavotni eksport ham qilayotgani, yurtimizda esa shuncha yer va unda ishlashni istaydigan fuqarolar ko‘p bo‘lishiga qaramay ular o‘zgalarga xizmatkor qilib qo‘yilgani bayon etilgan. Dehqonlarning ustida mingta mansabdor turib, ularni erkin ishlashlariga yo‘l qo‘yilmayotgani ta’kidlangan.

Dehqonning haq-huquqi go‘yo ilashib turgan qurigan barg kabi – har qanday lahzada uzilib tushishi va toptalishi, mahalliy hokimiyatlarning qo‘shtirnoq ichidagi nazorati ostida faoliyat yuritadigan fermerlarning yerlari har qanday vaziyatda olib qo‘yilishi mumkinligi tilga olingan.

Shu o‘rinda aytish lozimki, yurtimizda har bir fuqaroning o‘zi xohlagan sohada mehnat qilishi, o‘zi xohlagan soha bo‘yicha shug‘ullanishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan, imkoniyatlar yetarli. Xususan, o‘z biznesini boshlash istagida yurgan yigit-qizlarga dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, bog‘dorchilik va tadbirkorlikning boshqa turlari bilan shug‘ullanishi uchun ularga imtiyozli kreditlar, subsidiyalar ajratilmoqda.

Shuningdek, joriy yilda respublikamizda 233 647.3 gektar yer maydoni yoshlarga ajratilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shu yil 6 aprel holatiga ko‘ra, 51 682 gektar yer maydonlari yoshlarga ajratib berilishi natijasida 239 816 ta ish o‘rni yaratishga erishildi. Yangi yer maydonlari o‘zlashtirilishi, lalmi yerlarga quduq qazilib, suv chiqarilayotgani bois yoshlarimiz bodom, yong‘oq, gilos, olma, shaftoli, nok ko‘chatlari ekib, ko‘chatlar ostida qovun, tarvuz, oshqovoq, loviya, mosh, yeryong‘oq urug‘lari qadayapti.

Agar Xitoyda 8 sotix yeri bor odam badavlat hisoblansa, bizning qishloqlarimizda bundan ham katta tomorqalar bor. Shu sababli serhosil yerimiz bor ekan, undan doimo unumli foydalanishimiz, mehnat qilib daromad olishimiz kerak. Negaki, hozirgi og‘ir sharoitda aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan birlamchi talabini qondirish ko‘p jihatdan yerdan oqilona foydalanishimizga bog‘liq.

Bu borada yurtimizda ekin yerlaridan samarali foydalanish, yer egalarining huquq va manfaatlari himoyasini kuchaytirish, ularda shaxsiy mas’uliyat va javobgarlik hissini oshirish, qishloqda fuqarolarning bandligi va farovonligini oshirish, soha ravnaqiga to‘siq bo‘layotgan kamchiliklarni uzil-kesil bartaraf qilishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Sohaga oid qabul qilingan qonunlar, farmon va qarorlar esa yerning haqiqiy egasi sifatida fermer va dehqon xo‘jaliklarining huquqiy maqomini aniq belgilab berish bilan birga, ularning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi asosiy sub’ektlar sifatida shakllanishi va rivojlanishini ta’minladi.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan qishloq xo‘jaligi sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilikning takomillashtirilishi va «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi, shubhasiz, agrar tarmog‘ini yanada rivojlantirishda muhim huquqiy hujjat bo‘ldi.

Unga muvofiq, 18 yoshga to‘lgan, muomalaga layoqatli bo‘lgan, o‘ziga dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkasi meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish yoki ijara (ikkilamchi ijara) huquqi asosida berilgan O‘zbekiston fuqarosi yoki O‘zbekiston hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxs dehqon xo‘jaligi boshlig‘i bo‘lishi mumkin. Shuningdek, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning asosiy ekindan bo‘shagan qismi 0,06 gektardan 10 gektargacha bo‘lgan o‘lchamda bir yilgacha bo‘lgan muddatga ikkilamchi ijaraga (uchinchi shaxslarga berish huquqisiz) berilishi belgilandi.

Endilikda dehqon xo‘jaligi o‘z ixtisoslashuvini, shu jumladan, qishloq xo‘jaligi ekinlarining turlari va hajmlarini, ularni yetishtirish hamda agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish usullarini hamda dehqon xo‘jaligi o‘zi ishlab chiqarayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bozordagi talab va taklif nisbatidan kelib chiqib narxlarni ham mustaqil ravishda belgilaydi.

Dunyoda aholi sonining o‘sib borishi, ekin yerlar va suv resurslarining cheklanganligi, ayniqsa, global iqlim o‘zgarishi va tabiiy ofatlar natijasida aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash barcha mamlakatlarda eng dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Bunday paytda aholini oziq-ovqat mahsulotlari bo‘lgan talabini qondirish, bozorlarda narxlar barqarorligini ta’minlashda tomorqa va dehqon xo‘jaliklari yer maydonlaridan samarali foydalanish eng to‘g‘ri va samarali yo‘ldir.

Tahlillarga ko‘ra, hozirgi kunda respublika bo‘yicha 5,5 milliondan ortiq dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari 502 ming gektar ekin yerlaridan foydalanib kelmoqda. Oxirgi to‘rt yilda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanish bo‘yicha bir qator qarorlar qabul qilindi. Qonunlarimizga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib takomillashtirilgani natijasida ekin yeridan samarali foydalangan tomorqa yer egalarini rag‘batlantirish mexanizmi joriy etildi.

Xususan, 2018 yil 24 dekabrda qabul qilingan (O‘RQ-508) qonun bilan Soliq kodeksining 311-moddasiga o‘zgartirish kiritilib, dehqon xo‘jaliklari a’zolari hamda 4 sotixdan kam bo‘lmagan tomorqa yerida band bo‘lgan yoki ushbu uchastkada qoramol yoxud 50 boshdan kam bo‘lmagan parranda parvarishlayotgan jismoniy shaxslar yiliga sug‘urta badallarini eng kam oylik ish haqining bir barobari miqdorda to‘lash orqali bir yil mehnat stajiga ega bo‘lishi belgilab qo‘yildi. Mutlaqo yangi tizim asosida, uyma-uy kirib, tomorqaga ekin ekishni targ‘ibot qilish ishlariga keng jamoatchilik jalb qilindi.

Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari faoliyatini takomillashtirish maqsadida 2018 yil 26 aprelda qabul qilingan Prezident qaroriga muvofiq O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzurida Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilib, hozirda ushbu jamg‘arma dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

Misol uchun, Jamg‘arma tomonidan 2018-2021 yillarda jami 570 mlrd so‘m, shundan 310 mlrd so‘m aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, 147 mlrd so‘m «Tomorqa xizmati» MCHJlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun yo‘naltirildi. Tumanlarda tashkil etilgan 400 dan ortiq «Tomorqa xizmati» korxonalari tomonidan aholiga urug‘lik, ko‘chatlar yetkazib berish, texnika, kimyoviy ishlov va boshqa xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.

“kun.uz” saytida e’lon qilingan maqolada tadbirkorlikka layoqatli kishilar uchun imkon qadar yaxshiroq sharoit yaratish kerakligi, ko‘plab oilalar yerda ishlab ijod qilishi, izlanishi, o‘sib kelajakka rejalar qilishi, farzandlari kelajagini shu zamin bilan bog‘lashi qayd etilgan. Qishloq yoshlari berilgan imkoniyatlardan foydalanmay kelayotgani, mustaqil dehqon bo‘lishni, hokimlar tazyiqi va aralashuvidan holi faoliyat yuritishni orzu qilishlari bildirilgan.

Bugun yangi O‘zbekistonda yoshlarga munosabat butunlay o‘zgarganiga hammamiz guvoh bo‘lib turibmiz. Prezidentimiz ham Oliy Majlisga murojaatnomasi va viloyatlarga tashriflari chog‘ida yoshlar muammolari hamda ularni bandligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratadi.

Yoshlar bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari muhokamasiga bag‘ishlab joriy yil 27 yanvar kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mamlakatimiz rahbari bu masalaga yana bir bor to‘xtalib, Murojaatnomada aytilgan takliflarni amalga oshirish, yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilarga zarur ko‘rsatmalar berdi.

Barcha tuman va shaharlarda, har bir mahallada ehtiyojmand oilalar, ayollar va yoshlar bilan manzilli ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi – «temir daftar» tizimi joriy etilib, qisqa muddatda bu tizim orqali ko‘plab fuqarolarimizning bandligi ta’minlandi.

Dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalariga 300 milliard so‘m imtiyozli kredit va subsidiya ajratilgani ham qishloq aholisini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda yangi yo‘nalishga aylandi. Yoshlar tadbirkorligi va bandligini ta’minlash uchun 100 million dollar, ularning biznes loyihalarini kreditlash, kasb-hunarga o‘qitish uchun 1 trillion so‘m va 50 million dollar ajratilishi yurtimizda ertamiz egalariga bo‘lgan e’tiborning amaldagi yorqin ifodasidir.

Har bir tumanning imkoniyati va rivojlanish yo‘nalishidan kelib chiqib, dehqonchilik bilan shug‘ullanadigan oilalarga 10 sotixdan 1 gektargacha yer maydonlari ajratilishi, fermer va dehqonlar uchun keng imkoniyatlar yaratilishi mirishkorlarimiz uchun katta rag‘bat bo‘ldi. Chunki manfaatdorlik va adolat bo‘lgan joyda, albatta, o‘zgarish va o‘sish bo‘ladi, odamlar hayotdan rozi yashaydi.

Yana bir gap. Mamlakatimiz agrar sohada islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlash eng asosiy masalalardan sanaladi. Shu bois, yer munosabatlarini huquqiy asosda rivojlantirish va tartibga solish, yerlardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish maqsadida Yer kodeksining yangi tahrirdagi loyihasi ishlab chiqildi.

Aytish kerakki, amaldagi Yer kodeksi 93 ta moddadan iborat bo‘lib, undan 8 ta modda talablarga javob bermasligi sababli yangi tahrirdagi Yer kodeksi loyihasidan chiqarildi. Loyihada 63 ta yangidan modda kiritilgan bo‘lib, unda yerlarning turlari, yerlarni bir turdan boshqa turga o‘tkazish asoslari, yer uchastkasini bo‘lish, ajratib chiqarish, yer uchastkalarni birlashtirish, yer sohasini tartibga solish va Davlat yer kadastri sohasidagi yangi tushunchalar o‘z ifodasini topgan.

Er uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish hamda yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni cheklash, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini bekor qilish bo‘yicha normalar bilan to‘ldirilmoqda.

Shuningdek, amaldagi kodeksda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarni xususiylashtirish mexanizmlari tartibga solinmagani, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ajratishda ochiqlik va shaffoflik ta’minlanmagani, jumladan, fermer xo‘jaliklaridan tashqari boshqa tadbirkorlik sub’ektlariga yer ajratish masalasi belgilanmagani juda ko‘plab e’tirozlarga sabab bo‘layotgan bo‘lsa, yangi tahrirdagi Yer kodeksi loyihasida yuqoridagi kamchiliklar bartaraf etilmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi bir qator vazirlik va idoralar bilan birgalikda yangi kodeks loyihasi ustida ishlab, uni yanada takomillashtirish bo‘yicha ish olib bormoqda. O‘z navbatida, joylarda aholi bilan muloqotlar chog‘ida sohaga qonun loyihalarini joylarga chiqib, omilkor odamlarimiz bilan ochiq muloqot qilib, ularni o‘ylantirayotgan masalalarni aniqlash, takliflarini qonun ijodkorligi jarayonida e’tibordan chetda qoldirmaslikka harakat qilyapti. Zero, qishloq xo‘jaligini isloh qilish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash biz uchun eng muhim vazifalardan biridir.

Bir so‘z bilan aytganda, yoshlar bandligini ta’minlashning eng samarali usullaridan biri bu – yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘lsa, ikkinchisi –dehqonchilik qilish uchun ularga yer ajratishdir. Shu bois, zaxira yerlarni yoshlarga foydalanish uchun berish, tomorqada limonchilik, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik qilishlari uchun kreditlar ajratishda biz ularga eng yaqin ko‘makchi bo‘lyapmiz. Bosh maqsadimiz ham ishsiz yoshlar uchun munosib sharoit yaratish, ularni kasbga yo‘naltirish va bandligini ta’minlashdan iborat.

Botirbek TO‘RAZODA,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining
Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a’zosi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Jahon IQ reytingi: eng aqlli insonlar qaysi davlatlarda yashaydi? O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Дунё мамлакатларининг ўртача IQ даражаси янгиланди.

Rossiyada o‘lganlar soni rekordmi?

Урушда ва айниқса 2024 йилда қанча рус аскари ҳалок бўлганидан қатъи назар, экспертлар бир овоздан Россия учун қурбонлар сони рекорд даражада - Иккинчи Жаҳон Урушидан бери энг юқори кўрсаткич деган хулосага келишди.

Alisher Qodirov Qonunga qarshi ovoz bergan hamkasblariga murojaat qildi: “Iste’molchining 3 tadan 2 tasi yoshlar. Yarmi qizlar”

Буни ҳозир тўхтатмасак, 20 йилдан кейин ҳеч қандай қонун ёки давлат дастури сезиларли кўп интелектуал заиф қатламга ёрдам бера олмайди.

«Manchester Siti» Abduqodir Husanov uchun «Lans»ga qancha pul taklif etayotgani ma’lum bo‘ldi

«Манчестер Сити» клуби 20 ёшли ўзбекистонлик ҳимоячи Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиш учун 20 миллион фунт стерлинг тўлашга тайёр.

Menga qancha pensiya chiqar ekan? yoki bo‘lajak pensionerlarga tavsiyalar

Барчамиз пенсия ёшига яқинлашиб қоламиз ва энди пенсия ҳақида ўйлашни бошлаймиз. “Энди менга қанча пенсия чиқар экан?”, “Юқори миқдорда пенсия олармикинман?” каби саволлар бизни қамраб олади.

Yana bir yirik davlat BRIKS a’zosiga aylandi

Бразилия Ташқи ишлар вазирлиги Индонезия 6 январ куни БРИКСга тўлақонли аъзо бўлганини маълум қилди.

Marca nashrida Abduqodir Husanov haqida maqola chop etildi

Мақолада ҳамюртимиз Франция чемпионатининг асосий кашфиётларидан бири сифатида эътироф этилган.

«Real», «Yuventus», «Bayer», «Borussiya» Husanovga qiziqmoqda. «Man Siti» esa futbolchining otasi Hikmat Hoshimov bilan uchrashdi

Бу ҳақда FootMercato хабар берди.

Gulnora Karimova manzil koloniyaga o‘tkazildi

Каримова шу пайтгача ушбу тумандаги 21-аёллар қамоқхонасида жазо муддатини ўтаб келаётган эди.

“Manchester Siti” Abduqodir Husanov uchun qancha pul to‘lashi aytildi

Бу ҳақда Transfermarket official манбаси хабар берди.

Qattiq sovuq qachon chekinishi ma’lum qilindi

Ёғиб ўтган қордан сўнг Ўзбекистон ҳудудининг катта қисмида қор қоплами ҳосил бўлди. Бугун эрталаб ҳаво ҳарорати 8-13 даража совуққача, айрим жойларда 15 даража совуққача, энг чекка жанубда 4-6 даража совуққача пасайди.

O‘zbekistonga yana qorli sovuq havo kirib kelmoqda

20-22 декабрь кунлари Ўзбекистон ҳудудига нам ва совуқ ҳаво массалари кириб келиши кутилмоқда. Баъзи жойларда ёғингарчилик (ёмғир, қор) кузатилади, тоғ олди ва тоғли ҳудудларда кучли бўлиши мумкин.

Qodirov O‘zbekiston rahbariyatini "uyg‘onish qo‘ng‘irog‘i"dan ogohlantirdi

Чеченистон раҳбари Рамзан Қодиров Ўзбекистон раҳбариятини Ғарб оммавий ахборот воситалари кўмагидаги “уйғониш қўнғироғи” ҳақида огоҳлантирди.

Uchinchi jahon urushi aynan qayerda boshlanishi aytildi

Кремл бир неча бор рус диаспорасини ҳимоя қилиш баҳонасида ҳарбий ҳаракатларни бошлаган. Грузия, Молдова ва Украинада шундай бўлган.

Propan narxi tushishda davom etmoqda, benzin esa....

Эътиборли жиҳати шундаки, пропан нархининг кетма-кет бундай арзонлашиб бориши яқин орада кузатилмаган.

Yulduz Usmonova falastinlik bolalar va ayollarga 4 ta uy sovg‘a qildi

Ўзбекистон халқ артисти Юлдуз Усмонова Ўзбекистон президенти Шавкат Мирзиёевнинг урушдан жабр кўрган 100 нафар фаластинлик болалар ва аёлларни эвакуация қилганидан таъсирланиб 3 кун йиғлаганини ва президент ёрдамчиси Саида Мирзиёева билан гаплашганини айтди.

Eron poytaxtini ko‘chirmoqchi

Манбаларга кўра, Теҳроннинг пойтахт сифатида бошқа йўл билан ҳал қилиб бўлмайдиган муаммолари бор.

Baydenning uyi yonib ketdi

Нашрнинг эксклюзив маълумотларига кўра, "уч ётоқхона ва учта ҳаммомдан иборат, Тинч океанига манзарали кўринишга эга 1950-йиллардаги ҳашаматли ҳовлидан" фақат иккита мўри қолган.

Zaporojyeda janglar avj olmoqda

Россия ва Украина Трампнинг инаугурация маросими арафасида дронлар билан тобора шиддатли зарбалар бермоқда, чунки...

Fransiyalik futbolchini zo‘rlashda ayblagan rossiyalik model tuhmat uchun qamoq jazosiga hukm qilindi

2017 йил июнь ойида Луиза Франция терма жамоаси ҳимоячиси Тео Эрнандес уни тунги клубнинг автотураргоҳида зўрлаб, калтаклаганини даъво қилган эди.

Namanganda 3 ta mashina ishtirokida ayanchli YTH sodir bo‘ldi

Бу ҳақда "Миллар" дастури хабар қилди.

Байден таъкидлаганидек, АҚШ ҳукумати ёнғинни ўчириш учун Калифорнияга қўшимча ўт ўчириш экипажлари ва самолётларини юборди.

Kaliforniyadagi o‘rmon yong‘inlari 50 milliard dollarga baholanmoqda

Бу ҳақда Американинг ЖПМорган Часе банки маълум қилди, дея хабар беради “ТАСС”.

Kanada Kiyevga yangi harbiy yordam paketini ajratdi

Бу ҳақда ҳукуматнинг эълон қилинган баёнотида айтилади .

JSST Xitoyda metapnevmovirus tarqalishi bilan bog‘liq holat yuzasidan izoh berdi

Унда қайд этилишича, Хитой шифохоналари беморлар билан тўлгани ҳақидаги хабарлар асоссиз. Буни мамлакат расмийлари ҳам тасдиқлади.

Tramp jamoasi “qudratli ko‘rinishga bo‘lgan ishtiyoq bilan band”

Доналд Трамп маъмурияти ўз ҳаракатлари Жо Байден даврида АҚШ қўшинларининг Афғонистондан олиб чиқиб кетилиши билан таққосланиши мумкинлигидан хавотирда.

G‘azo shifoxonalari bemorlarni ularning holatiga qarab "saralashga" majbur bo‘lmoqda — Tibbiyot xodimi

Хон-Юнусдаги Носир тиббиёт мажмуасининг тиббиёт ходими Раед Ҳания, Исроилнинг Ғазога давом этаётган ҳужумлари шароитида Ғазодаги тиббий гуруҳлар оғир танловларга дуч келаётганини айтди.

Meksika prezidenti Trampning Meksika ko‘rfazi nomini “Amerika ko‘rfazi” deb o‘zgartirish taklifiga javob berdi

Клаудия Шейнбаум брифингда 1607 йилга оид харитани намойиш этди, унда Шимолий Американинг катта қисми "Мексика Америкаси" деб ёзилган.

Doktor Bushra Usmon: Bemorlarimiz hayotdan ko‘z yummoqda

Ёқилғи танқислиги ва Исроил ҳужумлари Ғазо соғлиқни сақлаш тизимини издан чиқармоқда.

Kaliforniya yong‘inlari: Bayden oxirgi rasmiy chet el safarini bekor qildi

Лос-Анжелесда ёнғин авж олгани сабабли президент Жо Байден Италияга сафарини бекор қилди.

Ukraina Rossiya harbiy-havo kuchlarining neft omboriga zarba berdi

Украина Россиянинг Энгелс шаҳридаги ҳарбий аеродромни таъминловчи нефт омборига ҳужум қилди. Ёнғинни ўчиришда икки нафар россиялик ўт ўчирувчи ҳалок бўлди.

Chad poytaxti Njamena shahridagi prezident saroyiga qurolli jangarilar tomonidan hujum uyushtirildi

Агентлик мухбирларининг хабар беришича, президент қароргоҳига олиб борувчи йўллар тўсилган, кўчаларда танклар пайдо бўлган.

Rossiya Zaporojega zarba berdi. Qurbonlar bor

9 январ куни Запороже вилоятида мотам куни деб эълон қилинди.

Chaddagi prezident saroyiga qurollangan shaxslar hujum qilishdi

Бу ҳақда АФП мамлакат хавфсизлик хизматига таяниб хабар берди.

Microsoft xodimlarini ommaviy ravishda ishdan bo‘shatishda davom etadi

Microsoft, биринчи навбатда, кам ишлаётган ва кам ишлайдиган ходимларга таъсир қиладиган ходимларнинг қисқаришини тасдиқлади. Ишдан бўшатилганларнинг аниқ сони ҳозирча ошкор этилмаган.

AQSh Ukrainaga "juda muhim" harbiy yordam paketini va’da qildi

АҚШ Украинага "жуда муҳим" ҳарбий ёрдам пакетини эълон қилмоқчи . Бу ҳақда Пентагоннинг юқори мартабали вакили маълум қилди , дея хабар беради РИА Новости .

Tramp Netanyahu "itning bolasi" deb atalgan videoni e’lon qildi

Колумбия университети профессори Жеффри Сакс Нетаняҳуни Сурия ва Ироқдаги уруш учун жавобгарликда, шунингдек, АҚШни Эрон билан тўқнашувга ундашда айблаган.

Fil quturdi va olomonga tashlandi

Ҳиндистоннинг Керала штатида бўлиб ўтган фестивалда 17 киши жароҳатланган. Бу қутурган фил туфайли содир бўлди.

Isroilning zarbalari kuchaygani sari G‘azo bo‘ylab "halokatli" vaziyat yuzaga kelmoqda

Охирги ҳужумлардан бири Ғазо шаҳридаги марказий кўнгилочар боғлардан бирига яқин бир гуруҳ тинч аҳолини нишонга олиб, камида беш кишини ўлдирган.

Isroil tong sahardan beri G‘azoda o‘nlab falastinliklarni o‘ldirdi

Исроилнинг Ғазодаги геноциди туфайли 2023-йил 7-октябрдан бери камида 45 936 фаластинлик ҳалок бўлди.