Bosh kotib BMT shtab-kvartirasining N’yu-Yorkdan ko‘chirilishiga izoh berdi

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning fikricha, shtab-kvartirani N’yu-Yorkdan boshqa shaharga ko‘chirish mumkin emas.
“Shtab-kvartiraning N’yu-Yorkdagi joylashuvi tashkilotga a’zo davlatlar tomonidan San-Fransiskoda (1945 yilda bo‘lib o‘tgan konferensiyada – Eslatma) ma’qullangan, menimcha, bu masala bo‘yicha BMT Nizomini o‘zgartirish imkoni yo‘q”, — dedi u.
1946 yilda N’yu-York rasman BMT shtab-kvartirasi joylashgan joy sifatida tanlandi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti shtab-kvartirasining AQShdagi joylashuvi jahon tashkiloti va Vashington o‘rtasida tuzilgan va 1947 yil 31 oktyabrda Bosh Assambleya tomonidan qabul qilingan shartnoma (169 sonli rezolyusiya) bilan tartibga solinadi. Ushbu hujjatga ko‘ra, BMT binosi joylashgan hudud “barcha a’zo davlatlarga tegishli xalqaro zona” hisoblanadi. Amerika rasmiylari BMT shtab-kvartirasiga rasmiy tashrif buyuruvchilarning kirishi va chiqishiga to‘sqinlik qilmasliklari shart.
Ular orasida BMTga a’zo davlatlar yoki ixtisoslashgan idoralarning vakillari yoki mansabdor shaxslari, ekspertlar, BMT tomonidan akkreditasiyadan o‘tgan jurnalistlar, shuningdek, maslahatlashuvlarga taklif etilgan nodavlat tashkilotlar vakillari kiradi. Qo‘shma Shtatlar bu shaxslarga "bepul va imkon qadar tezroq" viza berishi kerak.