Boris Jonsonga qarshi tergov boshlandi

Boris Jonsonga qarshi tergov boshlandi

Buyuk Britaniya saylov komissiyasi bosh vazir Boris Jonsonning qarorgohidagi xonadonni ta’mirlash ishlari bo‘yicha tergov boshladi. Boris Jonson Dauning-stritdagi hukumat qarorgohidagi ba’zi qimmatga qilingan ta’mirlash ishlarini Konservativ partiyaning donoridan 58 ming funt sterling miqdorida shaxsiy xayriya mablag‘lari bilan to‘lashda ayblanmoqda.

Bosh vazir bu sarfni deklarasiya qilmagan. Jonsonning ta’kidlashicha, barcha ta’mirlash xarajatlarini o‘z hisobidan to‘lagan (bosh vazir yilliga 42 ming funt sterling maosh oladi). Britaniya OAVning yozishicha, xonadonni jihozlash siyosatchiga 200 ming funt sterlingga tushgan.

Rasman hukumat rahbari yashaydigan xonadonni ta’mirlash uchun 30 ming funt sterling ajratiladi. Buyuk Britaniyada katta miqdordagi xayriyalarni deklarasiya qilmaslik jiddiy qoidabuzarlik hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!