Bolgariyada 45 kishining umriga zomin bo‘lgan fojianing sababi nima edi?

Bolgariyada 45 kishining umriga zomin bo‘lgan fojianing sababi nima edi?

Bolgariya hukumati 40 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘lgan avtobus halokatining uchta versiyasini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar berdi Bolgariya axborot agentligi Bgnes.

Bosh prokuror o‘rinbosari Borislav Sarafovning so‘zlariga ko‘ra, avtohalokat ikki sababga ko‘ra sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin: haydovchining xatosi yoki texnik nosozlik.

Pernik (Bolgariyaning g‘arbiy qismidagi shahar) meri Stanislav Vladimirov uchinchi mumkin bo‘lgan sababni aytdi. Uning taxminiga ko‘ra, avariya 22 noyabrdan beri davom etgan yomg‘ir tufayli yuz bergan bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, avtohalokat sodir bo‘lgan yo‘l qismi qiyalik bo‘lgani uchun qiyin deb hisoblanadi, deya qo‘shimcha qildi u.

Bolgariya ichki ishlar vaziri Boyko Rashkovning aytishicha, avtobus kirishi mumkin bo‘lgan panjara topilgan.

Bolgariyada 23 noyabrga o‘tar kechasi Sofiya – Blagoyevgrad (Bolgariyaning janubi-g‘arbiy qismidagi shahar) trassasida avtobus bilan YTH sodir bo‘ldi.

Avtobus yonib ketdi. Unda 52 kishi bo‘lgan, ulardan 45 nafari halok bo‘lgan, yana yetti nafari yaralangan. BNT milliy televideniyesi esa 46 kishi halok bo‘lganini ta’kidladi.

O‘t o‘chirish xizmati boshlig‘i Nikolay Nikolov avtobus Makedoniyada ro‘yxatga olinganini aytdi. BNT ma’lumotlariga ko‘ra, halokat qurbonlari Shimoliy Makedoniya fuqarolari bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!