Bolalar ombudsmani Qashqadaryoda maktab o‘quvchisining unashtiruvi bo‘lgani yuzasidan ma’lumot berdi

Bolalar ombudsmani Qashqadaryoda maktab o‘quvchisining unashtiruvi bo‘lgani yuzasidan ma’lumot berdi

Bolalar ombudsmani ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda maktab o‘quvchisining unashtiruv marosimi o‘tkazilayotgani aytilgan xabarlar yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, holat Bolalar ombudsmani tomonidan Ichki ishlar organlari bilan birgalikda o‘rganilgan. Aniqlanishicha, bu unashtiruv marosimi Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani “Tuxmor” qishlog‘ida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan (voyaga yetgan) B.G. ga tegishli bo‘lib, qizning o‘zi tushuntirish berishicha, marosim uning xohishiga zid bo‘lmagan holda o‘tkazilgan.

Shu bilan birga, Bolalar ombudsmani respublikaning mazkur hududida qizlarni erta turmushga uzatish urf-odati hali ham saqlanib qolayotganiga urg‘u berib, qizlarning maktabdan keyin ta’lim olishi uchun imkoniyatlarni yanada manzilli ravishda kengaytirishga alohida e’tibor qaratilishi va bu borada mutasaddilar tizimli choralar ko‘rib borishi zarurligini ta’kidlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!