Bolalar nima uchun otasining tarbiyasiga olib berildi?

Bolalar nima uchun otasining tarbiyasiga olib berildi?

Aslida, MIB amaliyotida farzandlar onasi tarbiyasiga olib berilardi...

Majburiy ijro byurosining davlat ijrochilari uchun doim ham yengil kechmaydigan farzandlarni onasi yoki otasi tarbiyasiga olib berish kabi murakkab ijro ishlarida farzandlar onasiga olib berilardi.

Odatda Majburiy ijro byurosining davlat ijrochilari uchun doim ham yengil kechmaydigan farzandlarni onasi yoki otasi tarbiyasiga olib beoish kabi murakkab ijro ishlarida farzandlar onasiga olib beriladi. Bu safar esa, farzandlar onasidan otasiga qaramog‘iga olib berildi.

Raximovlar oilasi birgalikda chiroyli turmush kechirishgan, er-xotin birga Rossiya davlatida ishlashgan. 2020 yilda pandemiya sabab Raximov Valijon homilador turmush o‘rtog‘ini ehtiyotlash maqsadida O‘zbekistonga qaytarib yuboradi. Taqdir ishlarini qarangki, oradan bir muddat o‘tgach ayol omonatini topshirdi, 3 nafar go‘dak esa ayolning ota-onasi qaramog‘ida qoladi.

Rossiya Federasiyasidan qaytgach, bundan xabardor bo‘lgan ota farzandlarini o‘zi tarbiyalash maqsadida olgani boradi, biroq ayolining uydagilari ularni berishni xohlamaydi. Shu sabab ota sudga bolalarini qaramog‘iga olib berilishini so‘rab murojaat qiladi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Izboskan tumanlararo sudining 12.01.2023 yildagi ijro hujjatiga ko‘ra javobgar G.Shokirova qaramog‘ida bo‘lgan Irodaxon, Muhammadyusuf va Muhammadsodiq ismli 3 nafar farzandlarni da’vogar Raximov Valijonga ya’ni otasiga olib berilishi belgilanadi.

Majburiy ijro byurosi Baliqchi tuman bo‘limi xodimlari tomonidan ijro harakatlari olib borilib, bolalar otasi V.Raximovga olib berilishi ta’minlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!