Bog‘chada qizaloqning qo‘lini qattiq tortgan raqs o‘qituvchisi ishdan olindi - Toshkent

Bog‘chada qizaloqning qo‘lini qattiq tortgan raqs o‘qituvchisi ishdan olindi - Toshkent

Ijtimoiy tarmoq sahifalarida Yunusobod tumani, 14-mavzedagi 136-sonli DMTTdagi raqs to‘garagiga qatnayotgan qizaloqning raqs o‘qituvchisi uning qo‘lini qattiq tortib qichqirgani bo‘yicha ota-onasi orqali ommaga murojaat yo‘llagan videoxabar tarqalgandi.

Bu holat Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Ishchi guruhi tomonidan o‘rganildi. Unga ko‘ra, Yunusobod tumanidagi 136-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida mazkur holat bo‘yicha navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazilib, Kasaba uyushmasi a’zolari ishtirokida muhokama qilingan.

Unda raqs to‘garagi rahbari M.SH. ga O‘zbekiston Resrublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023 yil 17-oktabrdagi «Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 478-sonli buyrug‘i talablarini buzganligi tushuntirib o‘tildi va xodim bilan tuzilgan shartnoma bekor qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!