Bodrum quyoshi ostida

Bodrum quyoshi ostida

Turkiyaning xayolingizga ham kelmagan tomonlari

Bodrum quyoshi ostida

Turkiyada dam olish haqidagi bilgan barcha ma’lumotlaringizni unuting. Bodrum – mutlaqo boshqa Turkiya. Bu Yevropa ziyolilari dam oladigan haqiqiy premium darajadagi kurort. Egey dengizi qirg‘og‘idagi ushbu ertakni «Kichik Gresiya» deb ham atashadi – bandargoh go‘zalligi, shaffof dengiz suvi, ajoyib plyajlar, autentik shahar kvartallari, mazali taomlar va betakror kolorit. Shuningdek, Bodrumda hatto mavsum avjiga chiqqan vaqtda ham jazirama kuzatilmaydi, havo Antaliyadagiga nisbatan ancha quruq va harorat ham yengil. Bu yerda doimo shamol esib turadi va shuning uchun kurort surfing ishqibozlari uchun ideal joy hisoblanadi.

Bodrum quyoshi ostida

Taraqqiyot izlari, shoping va Bodrum

Bodrum qadimiy Galikarnas shahrining o‘rnida joylashgan. Ushbu shaharning ko‘chalari qadimiy taraqqiyot izlariga boy. Qiziqarli ekskursiyalardan keyin Bodrumni o‘rganishni boshlash mumkin – bu gastrostalker va gurmanlar uchun «Eldorado»dir. Bu yerda autentik oilaviy kafe va restoranlar juda ko‘p. Ularning barchasiga bir ta’tilning o‘zida tashrif buyurishning iloji yo‘q. Ammo sizda o‘zingiz uchun top-10 eng «mazali» joylar ro‘yxati shakllanishi aniq. Mashhur turkcha sho‘rva, kabob, kotlet (ko‘fte) va afsonaviy turk shirinliklari – bu yerda hammasi juda mazali va did bilan tayyorlangan.

Maroqli sayr va mazali yeguliklardan so‘ng, shopingni boshlasangiz ham bo‘ladi. Bu yerda u ham yoqimli va o‘zgacha koloritga ega. Urfdagi «brend» do‘konlarga ega ko‘chalar va yirik savdo markazlari mavjud. Lekin, qo‘l bilan ishlangan bezaklar, tabiiy teridan bo‘lgan buyumlar va dizaynerlik to‘plamlariga ega rastalar ancha qiziqarliroqdir. Har bir xarid sizga keyinchalik Egey dengizi qirg‘og‘ida o‘tkazilgan yoqimli kunlarni eslatib turishi shubhasiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!