Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining (IHOKB) monitoring missiyasi Ukrainadagi urush paytida rossiyaliklar tomonidan kamida 14 nafar ukrainalik harbiy asirni, shuningdek, ukrainaliklar tomonidan kamida 25 nafar rossiyalik harbiy asirni qatl qilish holatlarini qayd etdi. Bu haqda missiya hisobotida ma’lumot keltirilgan.
IHOKB hisobotiga ko‘ra, Rossiya Qurolli Kuchlari nazorati ostidagi hududda 14 nafar ukrainalik harbiy asirning qatl qilinishi, shuningdek, 6 nafari tibbiy yordam ko‘rsatilmaganligi sababli vafot etishi holatlari hujjatlashtirilgan. Hisobotda aytilishicha, 142 nafar ukrainalik harbiy asirning 86 foizi Rossiya asirligida qiynoqlar va shafqatsiz munosabatga duch kelganini ma’lum qilgan.
Shu bilan birga, BMT kuzatuv missiyasi rahbari Matilda Bogner so‘zlariga ko‘ra, urush paytida ukrainalik harbiy asirlarning qatl qilinishi bo‘yicha 15 ta holat qayd etilgan. «Vagner» XHK ushbu qatllarning 11 tasini amalga oshirdi», dedi Bogner.
Shuningdek, hisobotga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari vakillari tomonidan taxminan 25 nafar rossiyalik harbiy asir va jangga layoqatsiz shaxslar qatl etilgan. Ukraina hukumati harbiy asirlarni qatl qilish bilan bog‘liq 25 ta holatdan 22 tasi bo‘yicha sudgacha tekshiruvni boshlagan. Ammo tergovlar jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslarga nisbatan hozircha ayblov qo‘yishga olib kelmagan.
IHOKB hisoboti 400 nafar harbiy asir o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovga asoslanadi, ulardan 142 nafari Rossiya asirligida bo‘lgan ukrainaliklar, 258 nafari esa Ukraina asirligidan ozod qilingan rossiyalik harbiylardir. Birlashgan Millatlar Tashkilotining qayd etishicha, kuzatuv missiyasi Rossiyada va Rossiya Qurolli kuchlari nazorati ostidagi hududda asirlikda saqlanayotgan ukrainalik harbiylardan ma’lumot olish imkoniga ega emas.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.
Гумонланувчилар орасида Таиланднинг энг йирик қурилиш компанияларидан бири – Italian-Thai Development Премчай Карнасута ва Хитойнинг China Railway компанияси ҳам бор.
ҲАМАС ҳаракати Исроил ҳукумати томонидан Ғазо шаҳрини босиб олиш ва унинг аҳолисини мажбуран кўчириш режаларини кескин қоралаб, буни "катта оқибатларга олиб келувчи ҳарбий жиноят" деб атади.
Исроил Хавфсизлик кабинети Ғазо секторида фақат Ғазо шаҳрини босиб олиш режасини маъқуллади. Бу қарор аввал эълон қилингандай бутун сектор эмас, балки унинг шимолий қисмига доир босиб олишни назарда тутади.
Ҳолат юзасидан ўтказилган хизмат текшуви натижаларига кўра, 2006 йилда туғилган А.А. исмли шахс Чилонзор тумани 19-мавзе ҳудудида яланғоч ҳолда жамоат жойида ҳаракатланган.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 5 август куни Туркманбоши шаҳридаги "Аваза" миллий туризм ҳудудида ўтаётган БМТнинг Денгизга чиқиш имкони бўлмаган ривожланаётган мамлакатлар бўйича учинчи конференциясида иштирок этди.