BMT insoniyatni hozir qanday muammolar ko‘proq tashvishga solayotganini ma’lum qildi

BMT insoniyatni hozir qanday muammolar ko‘proq tashvishga solayotganini ma’lum qildi

Dunyo aholisini bugungi kunda global isish, nizolar va diskriminasiya muammolari eng ko‘p tashvishga solmoqda. Bu haqda YUNESKO so‘rovnomasining tegishli natijalariga tayanib BMTning yangiliklar xizmati xabar berdi.

``Mazkur ‘2030 yilgi dunyo’ deb nomlangan so‘rovnomada 15 ming kishi ishtirok etdi. Avvalo, yoshlar bunga qiziqish bildirdi — so‘rovnoma o‘tkazilgan vaqtda ishtirokchilarning 57 foizi hali 35 yoshga ham kirmagan edi``, — deyiladi xabarda.

So‘rovnomaga ko‘ra, sayyoraning 67 foiz aholisi global isish hamda flora va fauna turlarining keskin yo‘qolib borayotganidan xavotirda.

Er aholisining fikriga ko‘ra, ikkinchi eng muhim global muammo — nizolar va zo‘ravonlik, uchinchisi — diskriminasiya va tengsizlik, to‘rtinchisi esa suv, oziq-ovqat va boshpana tanqisligi bo‘ldi.

Global muammolarning yechimi masalasida ko‘pchilik ishtirokchilar ularning kaliti yaxshi ta’lim ekanini ta’kidladi. Dunyo aholisining aksariyati global muammolarni hal qilish uchun xalqaro hamkorlik lozimligini aytdi. Lekin faqat 25 foiz ishtirokchilar mamlakatlarning bir-biri bilan kelisha olishiga ishonishi ma’lum bo‘ldi.

Avvalroq BMT bosh kotib Antoniu Guterrish shoshilinch choralar ko‘rilmasa, dunyo bo‘ylab millionlab odam ocharchilik yoqasiga borib qolishi mumkinligi haqida ogohlantirgani haqida xabar berildi. BMTning umumiy ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda jami 88 million odam ocharchilikdan aziyat chekdi, bu 2019 yilgi ko‘rsatkichdan 20 foizga ko‘proq.

Shuningdek, YUNESKO bosh direktori Odre Azulening ta’kidlashicha, 2030 yilgacha dunyo 40 foiz miqdorda suv tanqisligi muammosiga duch keladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, suv tanqisligi bilan bog‘liq vaziyat boshqa global muammolar, shu jumladan, pandemiya oqibatlari tufayli yanada og‘irlashadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!